So’nggi yangiliklar

14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  0 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  0 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  6 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  12

"Zomin" Tojikiston jamoasini mag'lub etdi Yangiliklar

"Zomin" Tojikiston jamoasini mag'lub etdi

Teglar :  ZominIstarafshan
Pro-liga “B” guruhi g'olibi – “Zomin” jamoasi futbolchilari kuni kecha qo'shni Tojikistonning “Istarafshon” klubi bilan o'zaro kuch sinashdi.

“Istarafshon” – Tojikiston milliy chempionatining oliy ligasida debyut mavsumini o'tkazmoqda. Ayni paytda mazkur jamoa 6-pog'onani egallab turibdi. Xalqaro maqomga ega mazkur qarama-qarshilik “Yangier” stadionida bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan Jahongir Jiyamurodov shogirdlari 3:0 hisobida zafar quchishdi. Bahsning yakuniy natijasi bundan-da yirik ko'rinishga ega bo'lishi mumkin edi. Ammo birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida Jonibek Ko'chimov belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmagan. Takidlash joizki, “Zomin” jamoasi murabbiyi, yaqin o'tmishning tezkor futbolchilaridan biri Jahongir Jiyamurodov ikkinchi bo'lim o'rtalarida zaxiradan maydonga tushdi. 

Aynan uning aniq uzatmalaridan so'ng, mehmonlar darvozasi uch bor ishg'ol etilgan. Qo'lga kiritilgan ushbu g'alaba “Zomin” jamaoasi futbolchisi Abdumutal Tursunqulovga munosib “to'yona” bo'ldi, deyish mumkin. SHu kuni Abdumutal o'zining nikoh to'yini nishonlagandi. 

“Zomin” (O'zbekiston) – “Istaravshon” (Tojikiston) – 3:0. Yangier shahri.

“Zomin”: Javohir Komilov, SHohzamon Hayrullaev, Vusal Magerramov, SHerzod Jalilov, Asil Mansurov, Doston Bahromov, Avaz Suyundiqov, Jonibek Ko'chimov, Durbek Kamolov, Otabek Ahmadjonov, Azamat Roziqov

Zaxiradan tushganlar: Jahongir Jiyamurodov, SHohjahon Abbosov, Doston Toshmatov, Eldor Karimov, Aziz Ahmedov, Farruh Xodjibekov, Jasur Turdaliev, Davlat Haydarov.

Gollar: SHohjahon Abbosov, Doston Toshmatov (2ta)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика