“Zomin” yangi mavsumdan oldingi so'nggi tayyorgarlikni boshladi
21 mar 2021 14:26
Yangiliklar
“Zomin” yangi mavsumdan oldingi so'nggi tayyorgarlikni boshladi
Xabaringiz bor, Jizzax viloyatining “Zomin” jamoasi Toshkent shahrida mashg'ulotlarni yakunlab, qisqa tatilga chiqqan edi.
20 martdan boshlab jamoa Birinchi liga va O'zbekiston Kubogi saralash bosqichi uchun so'nggi mashg'ulotlarga kirishdi.
Jamoa Toshkent shahridagi yig'inda bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarni o'tkazdi.
"Zomin" - "Oq-tepa" - 2:0
"Zomin" - "Bunyodkor-2" 3:1
"Zomin" - "Rubin" 2:1
"Zomin" - "Xorazm" 3:3
Mashg'ulotlarning so'nggi bosqichini jamoa “Zomin Markaziy o'yingohi”da o'tkazadi. Hozirgi vaqtga kelib jamoaning asosiy tarkibi aniqlanib bo'ldi. Jamoaga qo'shilgan yangi futbolchilar tez kunlarda muxlislarga tanishtiriladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Zomin” – “Lochin” (CHirchiq) uchrashuvi 28 mart kuni “Zomin markaziy o'yingohi”da bo'lib o'tadi.
"Zomin" PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar