"Zomin" - "Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi kubogi-2021" g'olibi!
10 fev 2021 20:54
Yangiliklar


"Zomin" - "Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi kubogi-2021" g'olibi!
5-10 fevral kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi “Markaziy" o'yingohda futbol bo'yicha Pro-liga, Birinchi liga va havaskor futbol jamoalari o'rtasida “Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi kubogi-2021” musobaqasi bo'lib o'tdi.
Unda 6 ta jamoa ishtirok etdi - “Zomin” PFK, “Yangier quruvchi”, “Yangier FMM”, “Yangiyo'l FMM”, “Guliston OZK” va “Guliston OZK-Lochinlar”. Jamoalar bir guruhda o'zaro bahs olib borishdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, "Zomin" 5 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritishdi. G'olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alar topshirishdi.
1-o'rin “Zomin” PFK
2-o'rin “Yangier FMM”
3-o'rin “Guliston OZK-Lochinlari”
“Zomin” PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar