So’nggi yangiliklar

02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  0 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  5 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  3 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  4 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9

"Zomin" klubining nazorat uchrashuvlari va transferlari xususida Yangiliklar

"Zomin" klubining nazorat uchrashuvlari va transferlari xususida

O'tgan mavsumni Birinchi ligada muvaffaqiyatli o'tkazgan "Zomin" klubi Pro liganing yangi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi.

Bosh murabbiy Asqar Umarov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga “Obod” klubidagi faoliyati bilan tanish bo'lgan Bobur Zuhriddinov taklif qilindi. SHuningdek, Mamur Berdiyorov ham murabbiylar safida qoldi. 

Asosan, o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Zomin hamda Toshkentda olib borgan jamoa vakillari bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishdi. Jumladan, Superliga va Pro liga ishtirokchilari bilan bahs yuritishdi. 

Nazorat o'yinlari ro'yxati:

“Zomin” – “Surxon” - 1-4

“Zomin” – “Buxoro” – 1:3

“Zomin” – “Olimpik” 1-4

“Zomin” – “Yangier” – 0:1

"Zomin" - "Mashal" - 0:1

"Zomin" - "Aral Samali" - 2:1

“Zomin” – “Xorazm” – 4:4

Murabbiylar shtabi o'tgan mavsumdagi tarkibni saqlab qolish va ayrim chiziqlarni kuchaytirishga etibor qaratdi. 

Jumladan, Doniyor Usmonov, Izzat Tursunov, Saidmahmud G'ulomov va Nodir Qo'yboqov bilan shartnoma imzolandi. 

SHu bilan birga, "Zomin" klubi 4 futbolchi bilan xayrlashdi — Doston Berdiqulov, Maradona Safarov, Fazliddin Isomiddinov, Bekzod Ahmedov.

Eslatib o'tamiz, "Zomin" Pro liga 1-turida o'z maydonida “Andijon” klubini qabul qiladi. Uchrashuv 6 mart kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика