Zoir To'raqulov: "Ikkinchi gol jamoaga yomon tasir qildi"
03 iyu 2015 22:33
Yangiliklar


Zoir To'raqulov: "Ikkinchi gol jamoaga yomon tasir qildi"
"SHo'rtan" - "Metallurg" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar jamoasining katta murabbiyi Zoir To'raqulov o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Futolchilar o'ynay olishmadi. Hisob ham yirik ko'rinish oldi. Ikkinchi bo'limda biroz o'zimizga keldik. Biroq ikkinchi goldan so'ng jamoamiz sinib qoldi. "Metallurg" himoyada juda yaxshi o'ynadi. "Navbahor" bilan "Metallurg"ning o'yinni solishtirdik. Farq er bilan osmoncha. Garchi "Navbahor"ga yutqazgan bo'lsak, u erda to'p bilan ishlashda, texnik jihatlarda yaxshi harakat qilgandik. Bugun esa juda ko'plab xatolarga yo'l qo'yildi. Ikkinchi goldan so'ng o'yinimiz qovushmadi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Zoir To'raqulov.

Fikrlar