Zoir To'raqulov: “Bekoboddan hech bo'lmasa durang bilan qaytishimiz mumkin edi”
03 apr 2016 06:02
Yangiliklar


Zoir To'raqulov: “Bekoboddan hech bo'lmasa durang bilan qaytishimiz mumkin edi”
Zoir To'raqulov boshchiligidagi “Oq bo'rilar” jamoasining “Metallurg”ga qarshi muvaffaqiyatli o'yini biroz orqaga qoldirildi...
- Mana shu safar Bekoboddan ijobiy natija, hech bo'lmasa durang bilan qaytishimiz uchun imkoniyatimiz bor edi. Garchi, uchrashuvning dastlabki daqiqalarida kutilmagan ikki golni o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, birinchi bo'limning o'zidayoq, hisobdagi farqni qisqartirishga erishdik. Ushbu muvaffaqiyatni ikkinchi bo'limda rivojlantirishimiz mumkin edi. Buning uchun o'yin tizginini ham qaysidir manoda o'z qo'limizga oldik ham. Afsuski, yaratilgan qulay imkoniyatlarni golga aylantirishda bizga biroz omad etishmadi. Bu bilan esa “Metallurg”ga qarshi o'yinlardagi noxush ananani bu safar ham buza olmadik. Hayot esa davom etadi.
- Endi tabiiy ravishda navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Mag'lubiyatga uchragan bo'lishimizga qaramay, yigitlarimizning harakatlaridan nolimayman. Ularga rahmat aytaman. Albatta, keyingi bahsda ijobiy natijani qo'lga kiritamiz. Futbolchilarimizning buning uchun salohiyati etarli, - deydi Zoir To'raqulov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar