So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Zohir Qo'ziboev: "Dinamo"ga Superligaga chiqish uchun keldim" Yangiliklar

Zohir Qo'ziboev: "Dinamo"ga Superligaga chiqish uchun keldim"

Ushbu haftada start oladigan Pro-Liga mavsumi oldidan “Dinamo” jamoasi tarkibni tajribali futbolchilar bilan kuchaytirdi.

Superligaga chiqishni maqsad qilgan Samarqand klubining so'nggi transferi “Mashal” hujumchisi Zohir Qo'ziboevning “Dinamo”ga o'tishi bo'ldi. Yangi mavsum oldidan tajribali hujumchi «Dinamo» klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Zohir, avvalo “Mashal” jamoasini tark etishingiz haqida to'xtalsangiz. Har holda aynan Muborak klubida tanilgangiz...


- CHindanam, aynan “Mashal”dagi faoliyatim orqali muxlislarga tanildim, o'sishga erishdim, O'zbekiston milliy terma jamoasiga ham chaqirildim. Muborak klubdagi faoliyatimni unutmayman. Bu jamoadagi rahbariyat va murabbiylardan minnatdorman. Jamoani tark etishimga sabab, har bir futbolchi faoliyatida bo'lgani kabi menda ham so'nggi mavsumda omadim uncha yurishmadi, o'z o'yinimdan ham qoniqmadim. SHu bois muhitni yangilash vaqti keldi deb hisobladim va jamoani tark etdim. “Mashal”ni tajribali futbolchilar tark etishdi, tarkib ancha yangilandi. Umuman olganda, “Mashal” va “Dinamo”ning Superligadan chiqarilib, Pro-Ligaga tushirilishi kutilmagan qaror bo'ldi.

- Mavsumlar oralig'ida boshqa jamoalardan ham takliflar bo'lganmidi?


- “Mashal”ni tark etganimdan keyin Superligada ishtirok etishi malum bo'lgan Farg'onaning “Neftchi” klubidan taklif bo'ldi. Jamoa yig'inida ishtirok etdim, ammo yakunda jamoada qolmadim. So'ng bir muddat G'uzorning “SHo'rtan” klubidan taklif olib, jamoa bilan birga shug'ullandim. O'shanda Pro-Liga klublaridan “Andijon” va “Dinamo”dan ham taklif tushgandi. Samarqand Qashqadaryoga yaqinligi va jiddiy maqsad qo'yganligi bois “Dinamo”ga keldim.

- “Dinamo”ga o'tishingiz qanday kechdi?


- Klub bosh menejeri Ilhom aka SHaripov meni jamoaga taklif etdilar. Bir hafta oldin klub bilan bir yillik shartnoma imzoladim. Ochig'ini aytsam, Superligaga qaytish uchun “Dinamo”ga keldim. Bu jamoa Samarqand viloyatining bosh jamoasi ekanligi bois, o'z oldiga Pro-Liga g'olibligi va Superligaga chiqishni maqsad qilgan. Bu vazifani amalga oshirish uchun bir tanu bir jon bo'lib harakat qilamiz.


- Jamoa tarkibi bilan tanishishga ulgurdingiz. “Dinamo”ning Superligaga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bir haftadan buyon “Dinamo” bilan Samarqandda so'nggi tayyorgarliklarni olib borayapmiz. Jamoaga kelgan birinchi kunimdan buyon ko'rayapmanki, ancha kuchli tarkib saralangan va eng asosiysi jamoadagi o'zaro munosabat alo darajada. Barcha o'zini ushbu katta oilaning bir azosidek his qiladi. “Dinamo”da “u mahalliy, u boshqa joydan kelib o'ynayapti” degan gaplar umuman yo'q. Kollektiv juda zo'r, hech kim bir-biridan yordamini ayamaydi, juda yaxshi munosabatda bo'ladi. Kollektiv eng avvalo, mana shunday do'stona bo'lsa, natija ham yaxshi bo'ladi deb o'ylayman.

- Tarkib borasida qanday fikrdasiz?

- Aytishim mumkinki, hozirgi tarkibdagi futbolchilarning teng yarimi bilan avvaldan aka-ukadekmiz. Jamoada Ilhom Yunusov, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Amirjon Safarov, Muydin Mamazulunov va bir qator Oliy Ligada o'zini ko'rsatib yurgan futbolchilar yig'ilgan. Maradona Safarov, Muydin Mamazulunovlar bilan “Mashal” safida birga to'p surganmiz. Umuman olganda, jamoada tajriba va yosh iqtidorli futbolchilar uyg'unligini ko'rish mumkin.

- Yana qaysi jamoalar Superligaga chiqish uchun kurash olib boradi deb o'ylaysiz?


- SHubhasizki, chempionat kurashlarga boy o'tadi. “Dinamo”dan tashqari, “Mashal”, “Surxon”, “Andijon”, “Istiqlol” klublari ham kurash olib borishsa kerak. Aytaylik, sobiq jamoa “Mashal”ni olsak, ular o'tgan yilgi tarkibni yarmini saqlab qolishdi va yangi futbolchilar bilan Superligaga chiqishni maqsad qilishgan. “Surxon” ham tarkibini yangilab, tajribali futbolchilar bilan chempionlik uchun kurashadi. «SHo'rtan» yil asosan keyingi yil uchun poydevor yaratsa kerak. “Andijon”ga ham chaqirishgandi, Eldor Sakaev boshqaruvida jamoa Superligaga chiqishni maqsad qilgan. Hattoki Farg'onadan “Istiqlol” ham yaxshi tarkib yig'ib, Pro-Ligadan elitaga chiqmoqchi.

- Yangi formatdagi taqvim elon qilindi. “Dinamo” 1-turda Namanganda “Norin” bilan o'ynasa, 2-turda dam olib, 3-turda Samarqandda sobiq jamoangiz, asosiy raqobatchisi “Mashal”ga qarshi saf tortadi...

- PFL tomonidan jamoalarning ikkiga taqsimlanib, “A” va “V” guruhiga bo'linishi chempionatni yanada qiziqarli o'tishini taminlasa kerak. Endi har bir g'alaba va ochkolar oltinga teng bo'ladi. “Norin”ga qarshi dastlabki tur bahsi oson kechmaydi. “Mashal” bilan o'yinimiz esa har ikki jamoa uchun mavsumdagi eng muhim bahslardan biri bo'lsa kerak. Umuman olganda, “A” guruhida barchada bir xil imkoniyat bo'lib, 9 jamoa o'zaro raqobatchiga aylanadi. Ko'p guvoh bo'lganman, samarqandlik muxlislar har doim “Dinamo”ni tinmay qo'llab-quvvatlashadi. SHu ruhda davom etishsa, biz futbolchilar ham “Dinamo”ni Superligaga olib chiqish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика