So’nggi yangiliklar

02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  16 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  4 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  6 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  5 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  18 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  23

Zohid Ismoilov: "Yozyovon-Lochinlari" jamoasini qaytadan tashkil etish qiyin" Yangiliklar

Zohid Ismoilov: "Yozyovon-Lochinlari" jamoasini qaytadan tashkil etish qiyin"

Xabaringiz bor, shu kunlarda turli internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yilgi Pro-Liga musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoalar haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabarlarga ko'ra, Yozyovon tumanining "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi yangi mavsumda Pro-Liga musobaqalarida ishtirok etmaydi. SHu bois biz "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi sardori Zoxid Ismoilov bilan bog'lanib, mazkur vaziyat yuzasidan intervyu oldik. Quyida ushbu intervyuning to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

Zohid, shu kunlarda tarqalgan xabarlarga ko'ra "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi yangi mavsumda Pro-Liga musobaqalarida ishtirok etmasligi malum bo'ldi. Mazkur vaziyatni qanday izohlaysiz?


Ha bu xabarlar haqida eshitdik. Ochig'i bu xolat sababini tushunganimiz yo'q. Mana 5 yildirki, Yozyovonda ko'plab muxlislarga ega jamoa futbol uchrashuvlarini o'tkazib kelayotgan edi, tumanimizda katta futbol havosi bor edi. O'zim ham shu tumanda istiqomat qilaman, tabiiyki deyarli barcha muxlislarni taniyman, ular bilan muntazam fikrlashib turamiz. SHu xabarlar chiqqandan beri uyali telefonimga juda ko'plab qo'ng'iroqlar bo'ldi. Hamma shu xolatni izohini so'ramoqda. Bu bo'yicha bugun jamoamiz rahbarlari bilan gaplashdik, bilishimizcha jamoamiz ro'yhatdan o'tish jarayoniga kech qolgan ekan. Bu masala bo'yicha biron narsa deyish qiyin, kimnidir ayblash ham noto'g'ri bo'ladi. Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan, bir nechta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan jamoadoshlarimning shu xabardan keyin kayfiyati tushib ketdi.

Ayni damda jamoada vaziyat qanday?

Jamoamizda vaziyat yaxshi emas albatta. Barcha jamoadoshlarimiz bilan xayronmiz. O'tgan yilgi mavsumda Pro-Liga "V" guruhida ishtirok etib, mavsumni 5-o'rin bilan yakunlagandik. Uy uchrashuvlarimizda har doim ko'plab muxlislar tashrif buyurishardi.

Yaqinda bo'lib o'tgan Farg'ona viloyati "Hokim kubogi" musobasining biz ishtirok etgan guruh uchrashuvlari ham Yozyovon tumanida tashkil etildi. Bu musobaqada ham natijamiz yomon bo'lmagandi, guruhda birinchi o'rinni egallab, chorak finalda "SHerdor" jamoasiga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgandik. Bizda yangi mavsumga tayyorgarlik yaxshi tashkil etilayotgan edi. Bu yildan PFL talablariga ko'ra jamoamizning yoshlar jamoasi ham tashkil etilgan edi. Endi shuncha yosh futbolchi nima qiladi? Ular yangi mavsumni orziqib kutayotgan bir paytda shu xabar chiqib qoldi. Yozyovonda katta futbolning bo'lishi bir nechta iqtidorli futbolchilarni kashf etilishiga sabab bo'layotgan edi. Masalan Abdujamol Isroilov, Abror Ismoilovlar aynan bizning jamoa orqali futbolga kirib kelishgan.

Agar bu yilgi mavsumda "Yozyovon-Lochinlari" Pro-Liga uchrashuvlarida ishtirok etmasa, keyin qaytadan tashkil etish qiyin bo'ladi. SHuncha yangi mavsumdan umidvor bo'lib turgan yosh futbolchilar futboldan benasib qolishi turgan gap. Xullas hozirgi vaziyatni tushunish qiyin, kichkinagina tumanda bir necha yillardan beri tashkil etib kelinayotgan futbolni olib tashlash to'g'rimikan? Futbolsevar muxlislar, yosh futbolchilar uchun bizni Pro-Ligada ishtirok etishimizni taminlashning iloji bormi?
O'zbekistonda keyingi yillarda futbolni rivojlantirish masalasida ko'plab xayrli ishlar olib borilmoqda. SHuni aytishim mumkinki, biz O'FA va PFL qarorlarini har doim hurmat qilib kelganmiz va shunday bo'lib qoladi ham.

Hozircha 2019-yilgi Pro-Liga ishtirokchilari haqida PFL rasman malumot bergani yo'q. Balki yakuniy qarorda "Yozyovon-Lochinlari"ga ham imkon berilar?

Hali bu borada tasdiqlangan malumot yo'qmi?

Ha shunday. PFL bu borada rasmiy malumot bergani yo'q.

Umid qilamizki, O'zbekiston PFL bizga imkon beradi. Agar shunday bo'lsa yangi mavsum biz uchun juda qadrli bo'ladi. Kayfiyatni tushirmay yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика