"Zob Ohan" Toshkentga kelish oldidan durang o'ynadi
13 apr 2018 14:53
Yangiliklar
"Zob Ohan" Toshkentga kelish oldidan durang o'ynadi
Eron Pro Ligasida 28-tur uchrashuvlariga start berildi. "Lokomotiv"ning OCHL guruh bosqichi navbatdagi o'yindagi raqibi – "Zob Ohan" ushbu turda "Fulad" maydoniga safar uyushtirdi.
Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Isfahonliklar tarkibida Said Muhammadrizo Hussayni gol urishga muvaffaq bo'ldi. Mazkur o'yindan so'ng "Zob Ahan" hisobida 49 ochko mavjud va jamoa musobaqa jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.
Takidlab o'tamiz, "Zob Ahan" jamoasi 15 aprel kuni Toshkentga etib keladi. OCHL nimchorak final bosqichiga qaysi jamoa yo'l olishini aniqlab beradigan "Lokomotiv" – "Zob Ahan" bellashuvi 17 aprel kuni soat 19:00da "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar