Zlatanni tanqid qilgan ekspert uzr so'radi
30 iyu 2020 23:33
Yangiliklar
Zlatanni tanqid qilgan ekspert uzr so'radi
Italiyalik teleekspert Daniel Riolo hujumchi Zlatan Ibragimovichni "Milan"ga o'tganida tanqid qilgandi.
Jurnalist televidenieda jonli efirda shunday degandi: "Zlatan 38 yoshda, etib kelgan, futbol uchun "o'lib bo'lgan" futbolchi. Zlatan etakchi, lider emas. "Milan" katta xato qildi va bir qancha vaqtdan so'ng uni olib kelganiga afsuslanadi".
Keyinchalik unga jonli efirda ushbu gaplarini eslatishganida: "Har bir shaxsning o'z fikri bo'ladi. Balki ushbu gaplarim Zlatanga motivaciya bo'lgandir. "Milan"ning kuchayishida qilgan xizmati uchun Zlatanga tashakkur bildiraman va kechirim so'rayman", - deb aytib o'tdi.
Fikrlar