Zlatan va Braim Dias "Yuventus"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
10 may 2021 17:38
Yangiliklar
Zlatan va Braim Dias "Yuventus"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
"Milan"ning ikki o'yinchisi A Seriya doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yinda jarohat olishdi.
Hujumchi Zlatan Ibragimovich to'pni bo'ysundirish chog'ida tizzasini shikastlab oldi. 39 yoshli shved o'yinni davom ettirishga harakat qildi, ammo 66-daqiqada Ante Rebich uni almashtirdi.
Bir necha daqiqa o'tib esa Braim Dias jarohat oldi. Uning o'rniga 70-daqiqada Rade Krunich maydonga tushdi.
O'yin esa milanliklarning yirik, 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar