So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  1 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  16 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  70 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67

Zlatan: "Ronaldu? Uning Italiyadaligi ajoyib". Ibragimovich ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

Zlatan: "Ronaldu? Uning Italiyadaligi ajoyib". Ibragimovich ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

Biroz oldin Zlatan Ibragimovichni "Milan" o'yinchisi sifatida tanishtiruv marosimi va matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Ibraning anjumanda aytgan so'zlarini keltirib o'tamiz.

- Men muxlislarning qo'llab-quvvatlovini his qilayapman. Bu erda oldin o'ynaganimda ular bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Kecha meni juda ham qaynoq qarshi olishdi. Jamoa muvaffaqiyatlarining 50 foizi muxlislarga bog'liq. Qo'llab turishsa, bizga oson bo'ladi. Men tayyorman, men o'ynashni xohlayman.

Qirolning qaytishi: Zlatan yana A Seriyada


- AQSHdagi so'nggi o'yinimdan keyinoq Paolo (Maldini) menga qo'ng'iroq qildi va biz gaplashib oldik. 38 yoshimda menda yoshligimdagidan ko'ra ko'proq takliflar bor edi. Men adrenalin izladim. Bunday yoshda maksimal kuch sarflash uchun pul haqida emas, stimul haqida o'ylaysan. Boban bilan juda ko'p gaplashdim. Ayniqsa, "Atalanta" bilan o'yin (o'shanda "Milan" 0:5 hisobida mag'lub bo'lgandi)dan so'ng menga ko'p qo'ng'iroq qilishdi.


- Bu murakkab qaror bo'lmadi. 2012 yilda ketishni xohlamaganman, ammo hech narsa qila olmasdim. Jamoaga yordam berish uchun hamma narsaga tayyorman. "Milan" - mening uyim. "Barselona"dan bu erga o'tganimda yana futboldan rohat olishimni aytgandim. Umid qilaman, bu safar ham shunday bo'ladi. Men "Milan"ni sevaman.

- Men vaziyatni yaxshilash uchun, yordam berish uchun keldim. Ko'ramiz, nima ro'y berarkin. O'ylashimcha, jamoa bundan ko'prog'iga qodir. Natijalar unchalik yaxshi emas, ayniqsa oxirgi o'yinda. Lekin mavsum - sprint emas, marafon. Ko'p ishlash va ishonish kerak. Men hamisha eng yaxshisiga ishonaman.


- "Milan" bu - "Milan". Tarix o'zgarmaydi. Jamoa oldingidek emas, Berluskoni ketganidan so'ng ko'p narsa o'zgargan. Men vaziyatga pozitiv boqmoqdaman va 200 foizga borimni beraman. Agar ishonmaganimda hozir bu erda o'tirmagan bo'lardim.


- Fizik tomonlama etarli darajada o'zgarganman. Lekin, men o'zimga har doimgidan ham ko'proq ishonyapman. Nimaga qodirligimni ko'rsatish uchun qanday ish qilishim kerakligini yaxshi bilaman. Buni tajriba yordamida tushunib etdim.

- Ishlayman, qiynalish kerak. O'zini qiynamaydiganlar bor imkoniyatlarini maksimal ko'rsata olishmaydi. Men hamma ishlashini xohlayman, jamoadoshlarimdan ko'p narsa kutyapman.


- Jarohatdan so'ng ko'p o'yladim. Tushundim-ki, futboda omadim kelgan. Meni boshqa o'ynay olmaysan deyishgandi, lekin men ishladim va qaytdim. O'zimni yana yuqori darajada ko'rsatishni istayman. Hozir 20 yoshimdagidek o'ynay olmayman. Lekin, futbol o'ynay oladiganlar nima qilishni bilishadi. Yugurmaslik mumkin, lekin 40 metrdan zarba berish mumkin.


- Jamoa vaziyatni yaxshilashi kerak. Men esa sheriklarimni yordam berishni va maydonda futboldan zavqlanishni, yana to'p tepayotganimni his qilishni xohlayman. Futbolsiz qiyin bo'ldi. Minglab odamlar qarsak chaladi yoki xushtakbozlik qiladi. Xushtak chalishsa ham mayli, bu ko'proq motivaciya beradi.


- Ronaldu? Uning Italiyadaligi ajoyib. Nima bo'lishini ko'ramiz.


- Men juda xursandman. "Milan" har doim ham 38 yoshli futbolchiga chiqmaydi. Endi bunga munosib ekanligimni isbotlashim kerak. Bu men uchun ulkan chaqiruv.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика