Zlatan MYUning 2 futbolchisi ustidan kulib qo'ydi
12 jan 2020 10:19
Yangiliklar
Zlatan MYUning 2 futbolchisi ustidan kulib qo'ydi
"Milan" futbolchisi Zlatan Ibragimovichga o'zining sobiq jamoasi "Manchester Yunayted" uchun foydasi ko'proq tegayotgan futbolchilar borasida savol berishdi.
Ayni damda mankunianliklar muxlislari jamoaning ikki nafar futbolchilari Jessi Lingard va Fil Jonsning o'yinlaridan mamnun bo'lishmayapti. Jurnalistlar ham aynan ularning nomlarini tilga olishdi.
Jurnalist: - Kimni tanlaysiz: Lingard yoki Jons?
Ibragimovich: - Men "yoki"ni tanlayman.
Fikrlar