Zlatan "Milan"dan ketishi mumkin
02 mar 2020 19:41
Yangiliklar


Zlatan "Milan"dan ketishi mumkin
Hujumchi Zlatan Ibragimovich hamda darvozabon Janluijji Donnarumma yozda jamoani tark etishi mumkin.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, agarda "Milan" futbol bo'limi boshlig'i Zvonimir Boban hamda texnik direktor Paolo Maldini klubdan ketadigan bo'lsa, forvard va kiper ham jamoani tark etadi.
Aynan Boban va Maldini ikki futbolchini klubda ushlab qolgandi.
A Seriya turnir jadvalida "Milan" 25 turdan keyin 36 ochko bilan 7-o'rinda ketmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar