Zlatan Ibragimovich: O'yindan oldin Portugaliya favorit ekanini aytgandim
16 noy 2013 10:42
Yangiliklar


Zlatan Ibragimovich: O'yindan oldin Portugaliya favorit ekanini aytgandim
SHveciya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich JCH-2014 pley-off dastlabki uchrashuvi doirasidagi Portugaliyaga qarshi o'yindan (0:1) so'ng quyidagi fikrlarni bildirdi.
Hisobni tenglashtira olmadik. Biz raqib darvozasi oldida deyarli xavfli vaziyat yaratmadik. Bugungidan ko'ra yaxshiroq o'ynay olamiz.
Uchrashuvdan oldin ham aytgandim: Portugaliya - favorit. Ularning tarkibida kuchli o'yinchilar ko'p.
Safardagi durang yaxshi natija bo'lardi. Ammo 0:1 hisobi 0:2 dan ko'ra yaxshiroq, – deydi Ibragimovich.

Fikrlar