Zlatan Ibragimovich: "Hozirgacha o'zimni boshqa futbolchilardan 10 marta kuchliroq bo'lishim kerak deb hisoblayman"
06 okt 2014 18:55
Yangiliklar
Zlatan Ibragimovich: "Hozirgacha o'zimni boshqa futbolchilardan 10 marta kuchliroq bo'lishim kerak deb hisoblayman"
PSJ va SHevciya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovichning takidlashicha, u ko'plab sovrinlarga ega chiqqan bo'lsada, futbolga bo'lgan ishtiyoqini yo'qotgani yo'q.
3 oktyabrda 33 yoshga to'lgan futbolchi Ispaniya, Italiya, Gollandiya va Franciya chempionatlarida chempionga aylangan.
"Men muvaffaqiyatga erishishimga hech kim ishonmagandi. Menga o'xshash Rozengardlik qaysi oddiy yigit bu yo'lni bosib o'ta oladi? Hamma bu meni qo'limdan kelmasligini aytardi. Ammo menda orzu bor edi va buning oqibatida hozir bu erdaman.
Doimo g'alabalarga tashnaman. Agar bo'shashsam, ishtiyoqimni yo'qotib qo'yaman va faoliyatimni yakunlayman. Hozirgacha o'zimni boshqa futbolchilardan 10 marta kuchliroq bo'lishim kerak deb hisoblayman" - deydi Ibragimovich.
Fikrlar