Zlatan Ibragimovich: "Bazida yomon yigit bo'lib turish kerak"
10 fev 2019 16:55
Yangiliklar


Zlatan Ibragimovich: "Bazida yomon yigit bo'lib turish kerak"
"Barselona", "Inter", "Milan", "Yuventus", "Manchester Yunayted" kabi jamoalarning sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zining faoliyati haqida gapirdi.
"Agar istasangiz, yomon yigit bo'laman. Yaxshi yigit bo'lishimni xohlasangiz, ajoyib bo'laman. Mening muammoim - bir vaqtning o'zida ikki hil qiyofadaman. Barchaga maslahatim, yomon yigit ham bo'lib turish kerak. CHunki, keyinchalik insonlar sen haqingda yaxshi fikrda bo'lishadi.
Ular seni yaxshi ko'rishingni aytganda, aynan qaysi illating ularga yoqishini bilib olasan. Agarda ular seni ko'ra olishmasligini aytishsa, demak, rostdan ham sendan nafratlanib qolishgan. Ammo meni ko'ra olmaydiganlarni men o'zimning muxlisim qila oldim. Bu mening katta muammoim. Menga yanada ko'proq mendan nafratlanuvchilar kerak", - dedi Zlatan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar