So’nggi yangiliklar

08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  0 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  1 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5

Ziyodulla Safarov: “Biz muxlislarning asosiy maqsadimiz – “Nasaf”ga doimo dalda bo'lish” Yangiliklar

Ziyodulla Safarov: “Biz muxlislarning asosiy maqsadimiz – “Nasaf”ga doimo dalda bo'lish”

“Nasaf” muxlislar klubi faollari jamoaning OCHL doirasidagi safar o'yinlarida ham birga bo'lish va jamoani qo'llab-quvvatlash maqsadida alohida tashabbus ko'rsatishdi.
Bunga “Nasaf” PFK muxlislar klubi faoli, saytimizning jonkuyarlaridan biri bo'lgan – Ziyodulla Safarov tashkilotchilik qilmoqda.

Biz Ziyodulla Safarov bilan shu haqda va muxlislar klubining yana boshqa rejalari to'g'risida suhbat qurdik.

- Bu yilgi “Nasaf” muxlislar klubining rejalari qanday?
 – Bu yil sevimli jamoamiz O'zbekiston chempionati, mamlakatimiz Kubogi musobaqalaridan tashqari Osiyo chempionlar ligasida ham ishtirok etishi biz muxlislarning quvonchimizga quvonch ulashdi. SHu munosabat bilan mavsumga tayyorgarlik jadal davom ettirilmoqda. Bu borada bir necha marta muxlislar klubi faollari bilan yig'ilish o'tkazdik. Kelgusidagi rejalarni muhokama qildik. O'tgan faoliyatimizni tahlil qildik. Hattoki klub bosh menedjeri ishtirokida ham yig'ilishib, gaplashib oldik. Muxlislar klubiga “Nasaf” PFK bosh menedjeri SHamil aka Yarulin ham befarq emaslar, u kishi doimo rahbar sifatida bizdan yordamini ayamaydilar.

- SHu yig'ilishlarda asosan nimalar muhokama qilindi, shu haqda ochiqroq gapira olasizmi?

 – Yig'ilishlarimizda ko'proq muxlislar klubi azolarining uchrashuvlar paytida jamoani qanday qo'llab-quvvatlash, stadionda o'zlarini qanday tutishlari, yangi azolarni safga qabul qilish, ularga azolik shartlarini tushuntirish kabi masalalar muhoakama qilindi. Vazifalar faollar o'rtasida taqsim qilindi.

- “Nasaf” muxlislari stadionga bepul kiradimi yoki chipta sotib olishadimi?

 – “Nasaf” muxlislar klubi doimo o'yinlarga bepul kirishgan, ammo shu maqsaddangina klubga azo bo'lishni hohlovchi muxlislar ham yo'q emas, masalan jamoa ketma-ket g'alabani qo'lga kiritsa, ular doimo safimizda, aksincha ularni topish qiyin bo'lib qolgan paytlar ko'p bo'ldi. Muxlis doimo jamoaning natijalariga karab emas, balki yaxshi natija ko'rsatishi uchun dalda bo'lishi kerak. SHularni hisobga olib, bundan buyon azolarimizni alohida tanlov asosida qabul qilishni yo'lga qo'ydik.

- Muxlislar faolligini oshirish uchun qanday ishlarni amalga oshirishni ko'zlayapsizlar?

 – Endi o'yinga tashrif buyuradigan har bir inson avvalo muxlis hisoblanadi. Ammo muxlislar klubi ana shu muxlislarni birlashtirib, birgalikda o'z sevgan jamoasiga chiroyli ishqibozlik qilishni, qolaversa ularni stadiondagi o'zlarini tutishlarini tartibga solish uchun tuziladi. Biz hozir yana bir reja haqida o'ylab turibmiz, “Kamolot” yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda shahrimizdagi o'quv yurtlarida ham muxlislar klubini tashkil qilsak, keyin bu muxlislar klubini etakchilarini tanlab, “Nasaf” PFK muxlislar klubi kengashi azoligiga kiritsak, degan. Endi tasavvur qilib ko'ring, o'yin davomida stadionning har bir sektorida shunday muxlislar jamoani chiroyli va ahil ravishda qo'llab-quvvatlab turishsa, menimcha juda chiroyli bo'lsa kerak. Bu rejamiz amalga oshadigan bo'lsa, shunday muxlislar klubini viloyatimiz miqiyosida ham kengaytirish niyatimiz bor. Rejamizda yana bir qancha tadbirlarni tashkil qilish haqida o'ylayapmiz, shulardan biri, bu muxlislar nazdida “eng yaxshi o'yinchi”, “eng chiroyli gol sohibi”, “eng yaxshi muxlis” kabi nominaciyalar bo'yicha munosiblarni aniqlab, ularni taqdirlab borish. Bu haqda bizni klub rahbariyati ham qo'llab – quvatlashga tayyor.

- Yana shunday muxlislar klubi tashkil etilsa, bunga azo bo'lganlar ham o'yinga imtiyozli, yani bepul kirishadimi?
 – Yo'q, muxlislar klubiga azolik stadionga bepul kiradi, degani emas. Hattoki, bu mavsumdan “Nasaf” muxlislar klubi azolarining hammasi ham stadionga bepul kirishmaydi. Bu holat o'z sevgan klubingiz iqtisodi uchun ham to'g'ri kelmaydi. Biz klub rahbariyati bilan shunga kelishdikki, stadionga faqat qo'llab-quvvatlash guruhi, bepul, imtiyozli kiradi, yani bular baraban, karnay-surnay, bayroq tutadigan va shunga o'xshash azolar. Ammo shunday klublarga azo bo'lganlar uchun bazi imtiyozlar tashkil qilinadi.

- Jamoaning xorijdagi o'yinlariga ham muxlislar klubi azolari tashrif buyurishadimi?
 – Biz muxlislarning asosiy maqsadimiz – “Nasaf”ga doimo dalda bo'lish. “Nasaf”ning bu yildan OCHL musobaqasini guruh bosqichidan boshlashini hisobga olib, bu ishga ertaroq qo'l urdik, yani jamoamizning 2-va 3-turlarini xorijda o'tkazishini hisobga olib, muxlislarga taklif bilan chiqdik. Bu taklifimizga biz kutganimizdan ham ko'proq muxlislar hohish bildirishdi. Muxlislar orasida boshqa viloyatlardan ham ko'pchilikni tashkil qilayapti, hozircha bular soni 200 kishini tashkil qildi. Hujjatlarni ramiylashtirishda bizga O'zbekiston Futbol Federaciyasi ham yordam berayapti. Demak, yurtimizdan borishgan 200 muxlis “Nasaf”ning 2-va 3-turidagi o'yinlarida bevosita stadionda turib, dalda bo'lishadi.

- “Nasaf”ning qolgan turdagi safar o'yinlariga ham shunday guruh tashkil etiladimi?
 – Albatta, buni ham tashkil qilamiz. Hozirdan buni ham rejalashtirayapmiz.

- Agar ana shu safarga borishni hohlovchilar bo'lsa, sizga qanday murojaat qilishsa bo'ladi?
 – Marhamat telefon raqamimni berishingiz mumkin: +998 95 505 11 17.

- “Nasaf” 25 fevral kuni OCHL guruh bosiqichidagi ilk uchrashuvni o'z maydonida o'tkazadi, sizningcha bu yarim g'alabami?

 – O'zingiz bilasiz, OCHL musobaqasi ichki chempionatimizdan shunisi bilan tubdan farq qiladiki, bu musobaqada kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Bu musobaqa ana shunisi bilan ham ishqibozlar uchun juda qiziq. Biz “Nasaf” muxlislari o'z sevgan jamoamizga ishonamiz, jamoamiz OCHLda “Bunyodkor”dek yoki “Paxtakor”dek hali natija ko'rsatgan bo'lmasada, menimcha endi vaqti keldi. Jamoamizning bu yilgi OCHLdagi o'yinlaridan umidimiz juda katta. Endi 25 fevraldagi “Traktorsozi” bilan o'yiniga kelsak, shaxsan o'zim g'alaba qilishimizga ishonaman. Bunga ko'p sabablar bor. Hammasini hozir sanab o'tirmayman. Birgina misol, jamoamiz juda ahil, deyarli besh yildan beri o'zgarmagan tarkibda o'ynashayapti. Buning ustiga jamoamiz safiga yana yangi o'yinchilar qo'shilishdi. Qolaversa, Ro'ziqul Berdiev ham ancha tajriba to'pladi. U kishi endi 2013 yildagi Berdiev emas. Men bu erda ilk raqibimiz haqida fikr bildirmayman, umid qilamanki, Berdiev o'z odatiga ko'ra, bu jamoa salohiyatini yaxshilab o'rgangan bo'lsa kerak. Yana takror aytaman biz muxlislar faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz.

Azamat Umarov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика