Zirkzee "Bavariya"ga qaytadi, unga "Everton" qiziqmoqda
22 may 2021 10:38
Yangiliklar


Zirkzee "Bavariya"ga qaytadi, unga "Everton" qiziqmoqda
"Parma"da ijara asosida o'ynayotgan Joshua Zirkzee Myunxen klkubiga qaytadi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, niderlandiyalik aniq "Bavariya"ga qaytadi, ammo u klubni yozgi transfer oynasida tark etishi mumkin. Zirkzeening xizmatlariga uni yanvarda beri kuzatayotgan "Everton" qiziqish bildirmoqda.
19 yoshli futbolchi "Parma" safida joriy mavsum 4ta o'yin o'tkazdi va 100 daqiqadan ozgina ko'proq harakat qildi.
Zirkzeening "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, uning transfer narxi 9 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar