So’nggi yangiliklar

19:55Азмун БАА клубига ўтади  1 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  0 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  1 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  4 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   1 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  4 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  26 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  2 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2

Ziqna yoki ayyor? "Yuventus" tekinga qo'lga kiritgan top yulduzlar Yangiliklar

Ziqna yoki ayyor? "Yuventus" tekinga qo'lga kiritgan top yulduzlar

PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboning erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tishidan transfer bozorini jonlantirdi.

Ko'plab tahlilchi, mutaxassis va ishqibozlarning fikricha, Turin klubi pulni maksimal darajada tejab, ajoyib kelishuvni amalga oshirdi. To'g'ri, Raboning yillik maoshi kam emas (yiliga 7 mln. evro), shu bilan birga unga 10 mln. evro ko'tarma puli to'landi, biroq Transfermarkt portalidagi narx 35 mln. evroni tashkil qiladi, shuning uchun transfer foydali bo'lganini tan olmasdan iloj yo'q.


Ammo Rabo "Yuventus" bosslari so'nggi yillarda tekinga qo'lga kiritgan yagona top futbolchi emas. Etiboringizga erkin agent sifatida Turin klubiga o'tgan 9 yulduzni havola qilamiz.


ANDREA PIRLO

Andrea Pirlo "Milan"da o'tkazgan 10 yilidan so'ng 2011 yilning yozida klubni tark etishga qaror qildi. Pirlo bilan muzokara o'tkazib, uni ko'ndirish hamda rasman tanishtirish uchun bor-yo'g'i 6 kun kerak bo'ldi.

Avvaliga Pirlo va "keksa sinora" o'rtasidagi mehnat shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan edi, ammo Andrea klubda yana bir mavsum qoldi. Yoshiga qaramay "Yuventus" Pirloga ishonch bildirdi, ammo xavbek kutilganidan yaxshiroq natija qayd etdi. U "Yuve" safidagi 4ta mavsumni o'yin sifati bo'yicha juda yaxshi o'tkazdi. To'rt marta Italiya chempioni, Kubok sohibi bo'ldi, ikki bora mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi, 2014/15 mavsumda esa CHempionlar ligasi finaligacha etib borishdi.


FABIO KANNAVARO

2004 yilda "Yuventus" Fabio Kannavaroni sotib olish uchun "Inter"ga 10 mln. evro o'tkazib berdi. Ikki yildan so'ng turinliklar bosslari markaziy himoyachini 7 mln. evro evaziga "Real"ga sotdi, ammo bu ish "keksa sinora" B Seriyaga tushib ketgani tufayli amalga oshirilgandi.

Uch yil o'tib "Yuventus" Kannavaroni erkin agent sifatida qaytarib oldi, ammo tajribali Fabioning faoliyatini yakuniga etayotgan edi. Kannavaro 2009/10 mavsumda "keksa sinora" safida A Seriyadagi o'zining 400-uchrashuvini o'tkazdi, ammo bir yil o'tib u faoliyatini BAAning "Al-Ahli" klubida yakunlashga qaror qildi.


SAMI XEDIRA

2015 yilning yozida "Yuventus" "Real" xavbeki Sami Xedirani qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. O'sha yozda Xediraning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi yakuniga etgan edi. Transfer bozoridagi narxi esa 18 mln. evroni tashkil qilardi, biroq turinliklar bu mablag'ni "qaymoqranglilar"ga o'tkazib bermadi.

Xedira hozirgacha "Yuventus"da to'p tepadi, shartnomasi esa 2021 yilda yakunilanadi. Jamoaning asosiy futbolchisi emas, biroq rotaciya masalasida foydali o'yinchilardan biri hisoblanadi, shu sababli "keksa sinora" to'rt yil avval Samini qo'lga kiritganidan afsuslanmaydi.


EMRE JAN

"Yuventus" tekinga qo'lga kiritgan yana bir nemis markaziy yarim himoyachisi. 2018 yilning yozida Janning "Liverpul" bilan shartnoma muddati yakuniga etdi, Emre esa yangi bitimni Turin klubi bilan tuzdi.

25 yoshli Jan yakunlangan mavsumda A Seriyaning 29ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 1ta golli pas berdi. "Yuventus" shartnoma tuzayotgan paytda Emrening transfer narxi 30 mln. evro edi, hozir esa bu narxga yana 10 mln. evro qo'shildi.


FERNANDO LORENTE

O'zini "Atletik"da ko'rsata olgan ispaniyalik Lorente 2014 yilda 4 yillik shartnoma imzolab, Turinga ko'chib o'tgan edi. Gollari soni etarlicha bo'lmasada u jastlabki ikki mavsumda jamoaning muhim hujumchisiga aylana oldi.

2015 yilda "Yuventus" Lorente istagini hisobga olib, uni Ispaniyaga qaytardi, biroq "Sevilya" klubiga. Fernando "keksa sinora" safida 92ta uchrashuvda maydonga tushdi va 27ta gol urib, 10ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.


POL POGBA

Kelajagi porloq franciyalik xavbek Pol Pogba bilan 2012 yilda shartnoma imzolandi. Pogba "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etib, turinliklar safiga qo'shilgandi. Bu Turin klubi tarixidagi eng muvaffaqiyatli kelishuv bo'lgan. "Yuventus" Pogba uchun bir tiyin ham to'lamadi, Pol esa to'rt mavsum sifatli o'yin namoyish etdi. Keyin Polni o'sha "Manchester Yunayted"ga sotib yuborildi, ammo o'sha vaqt uchun eng katta narxga - 105 mln. evro.

Pogba "Yuventus"da to'rt marta skudetto, ikkita Kubok va uchta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi. U jamoa safida 178ta bahsda maydonga tushib, 34ta gol urdi va 43ta golga assistentlik qildi. Pol "qizil iblislar" tarkibida o'zining Turindagi o'yinini ko'rsata olmayapti, shu sababli Pogbaning "Yuventus"ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar OAVda ko'payib ketdi. Bu safar Italiya grandi franciyalikni erkin agent sifatida qo'lga kirita olmasligi aniq.


KINGSLI KOMAN

2014 yilning iyulida "Yuventus" PSJning iqtidorli futbolchisi Kingsli Koman uchun jiddiy kurashda g'olib bo'ldi. Vingerning so'zlariga ko'ra, unga "Arsenal", "Liverpul", "Nyukasl", "Tottenxem", "Bayer", "Bavariya", "Zenit" va "Bordo" davogarlik qilgan. Biroq Koman "Yuventus" foydasiga qaror qabul qildi. U "Yuventus"ga erkin agent sifatida o'tdi.

Koman "Yuventus"da bor mahoratini ko'rsata olmadi. Bir yil o'tib uni 7 mln. evro evaziga "Bavariya"ga ikki yillik ijaraga berib yuborishdi. Natijada Myunxen klubi 21 mln. evro evaziga Kingslini sotib oldi. Etibor bering, "Yuventus" shu joyda ham foydada qoldi.


DANI ALVES

2016 yilning iyulida tajribali braziliyalik "Barselona"da o'tkazgan sakkiz yildan so'ng klubni tark etishga qaror qildi. Uning yangi jamoasi "Yuventus" bo'ldi. Dani Alves yangi klubida bitta mavsumni juda muvaffaqiyatli o'tkazdi, "keksa sinora" bilan A Seriya va milliy Kubok g'olibiga aylandi.

Alves PSJda yaxshigina daromadli taklif olgani uchun "Yuventus"ni tark erkin agent sifatida tark etdi. Dani Turin klubi safida 33ta o'yinda ishtirok etib, 6ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.


AARON REMSI

"Arsenal" iqtidorli uelslikni 2008 yilda sotib olgandi. "To'pchilar" safida 11 yilni o'tkazgan Remsi Londonni tark etdi. Mish-mishlarga ko'ra, klub va futbolchi yangi bitim borasida kelisha olishmagan.

"Yuventus" vaziyatdan foydalanib qoldi. Remsi Turin klubi bilan haftalik maoshi 400 ming funt bo'lgan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi. Muxlislar Rabo kabi Aaronni ham yangi mavsumda "Yuventus" libosida ko'rishadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика