Zinedin Zidan: "Pogba yaxshi yigit, lekin u MYU futbolchisi"
04 may 2019 21:45
Yangiliklar
Zinedin Zidan: "Pogba yaxshi yigit, lekin u MYU futbolchisi"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba haqida o'z fikrlarini bo'lishdi.
"Men Pogba yaxshi futbolchi deb aytganman, xuddi shunday so'zlarni boshqa o'yinchilarga nisbatan ham ayta olaman. Men uni taniman, boshqa hech narsa. Pogba juda yaxshi yigit, lekin "Manchester Yunayted" uchun o'ynaydi. Mavsum oxirida qaysi futbolchilar kelishi va ketishi kerakligini qo'rib chiqamiz.
Ammo, men Pogba bilan shartnoma tuzmoqchimiz deb aytmadim", - deydi 46 yoshli franciyalik mutaxassis.
Fikrlar