So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

Zinedin Zidan: "Madridda "Bavariya" ustidan kattaroq natija qayd etishimiz mumkin" Yangiliklar

Zinedin Zidan: "Madridda "Bavariya" ustidan kattaroq natija qayd etishimiz mumkin"

Teglar :  Zinedin ZidanReal
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ECHL yarim final doirasidagi "Bavariya"ga qarshi javob o'yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashdi.

 - Finalda o'ynash qanday ajoyib ekanini bilamiz. Biz yana finalda o'ynash baxtiga muyassar bo'lish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni bajaramiz. Bu esa bizga qo'shimcha motivaciya beradi.

"Bavariya" Madridga o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatish uchun kelganini bilamiz. Myunxenliklar haqiqiy top va qoyilmaqom jamoa. Biz ham ertaga eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishni istaymiz. Ertangi o'yinga har doimgidek tayyormiz. Agarda o'xshasa, unda kattaroq natija qayd etishimiz mumkin.

Eng muhimi, biz maydonga faqat va faqat g'alabani ko'zlagan holda chiqishimiz lozim. Biz tezkor gol urishga harakat qilamiz. Bu bizga juda zarur.

Murabbiylik kasbi juda qiyin ish. CHempionat, kubok bahslarini o'ylashing kerak bo'ladi. Natijalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Murabbiy sifatida ham chempionat va kubok o'yinlari birdek maqul. Men har ikkalasida ham muvaffaqiyat qozonishni istayman. Biz doimo yanada yaxshi natija qayd etishni istaymiz.

Bugun men murabbiyman. Men "Real"dagi ishimni davom ettirishni istayman. Lekin mening kelajagim hozir hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Ertangi o'yin ayni paytda hammasidanda muhimroq. Javob bellashuvini "Real" finalda o'ynagandek o'tkazishi lozim bo'ladi. Bizning barcha o'y-hayollarimiz "Bavariya"ga qarshi uchrashuv bilan bog'langan.

Benzema? Karim ajoyib holatda. Benzema gol urishni yoqtiradigan va shu bilan birgalikda maydonda jamoa katta hajmdagi ishni bajaradigan mehnatkash futbolchi.

Marselo qanday salohiyatga ega futbolchi ekanligini barcha biladi. Marselo "Real"da 10 yildan ortiq o'ynamoqda va bu vaqt oralig'ida u jamoa tarixiga kirishga ulgurgan. Marselo hayotda ham ancha quvnoq inson. U har doim hazillashadi, futbolchilarga alo kayfiyat ulashadi. Marselo singari futbolchining jamoada bo'lishi kiyinish xonasidagi kayfiyatga yaxshi tasir qiladi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика