So’nggi yangiliklar

13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  0 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  0 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  2 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  21 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  6 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  34 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  18 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  4 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  18

Zinedin Zidan: "Kimning ochkosi ko'proq bo'lsa, o'sha jamoa chempion bo'ladi. Agar o'zaro o'yinga qaralganda..." Yangiliklar

Zinedin Zidan: "Kimning ochkosi ko'proq bo'lsa, o'sha jamoa chempion bo'ladi. Agar o'zaro o'yinga qaralganda..."

"Qaymoqranglilar" murabbiyi "Granada" bilan o'yindan avval savollarga javob berdi.

Zinedin Zidan odatdagidek savollarga o'ziga xos usulda javob qaytardi.  


Jamoa holati haqida
"Bu oxirgi hafta, uchta o'yin qoldi. Bu eng qiyin vazifa va eng muhimi hamdir. Har bir jamoa maydonga qandaydir maqsad bilan chiqadi, biz bo'lajak o'yinda ijobiy natijaga erishish uchun qo'limizdan va oyoqlarimizdan kelgan barcha ishni qilamiz".


"Barselona" chempion bo'lishi mumkinligi borasida
"Mavsum oxirida kimning ochkosi ko'proq bo'lsa, o'sha jamoa chempion bo'ladi. Agar o'zaro o'yinga qaralganda g'olib nomi ancha avval aniq bo'lgan bo'lardi".

"Quruq o'yinlar" haqida
"Jamoa – bu doimiy balans degani. Biz nimalarga qodirligimizni bilamiz. Men Kurtua va butun jamoa uchun xursandman. Muhimi biz kurashyapmiz va g'alabaga erishyapmiz".


Ochkolar hisob-kitobi
"Matematika bizning ish emas. Biz o'yinlarni yutishimiz kerak. Bo'lajak o'yindan chalg'imaslik lozim.


Karantindan keyin chempionat restarti haqida
"Vaziyat shuni taqozo etdi. Biz tezda o'yinga qayta olganimiz va sport formamizni tiklaganimiz ajoyib bo'ldi. SHu yo'sinda davom etamiz deb, umid qilaman".


Jamoa kam gol urayotgani borasida
"Meni bu holat tashvishlantirmayapti va gap-so'zlardan xayron ham emasman. Oldimizga ajoyib jamoa ekanligimizni isbotlash vazifasi qo'yilgan va buni yomon uddalamayapmiz deb o'ylayman. Odamlar nima desa deyaversin. "Real Madrid" – futbol tarixidagi eng muhim klublardan biri bo'lib qolaveradi, buni o'zgartirib bo'lmaydi".


Jamoa haqida
"Maqsadamiz – "Granada" bilan o'yin, qolgani haqida keyinroq gaplashamiz. Bizni murakkab bahs kutib turibdi va bor etiborni unga qaratishimiz zarur".

Gregori Dyupon borasida
"Dyupon – jismoniy tayyorgarlik borasida ajoyib mutaxassislardan hisoblanadi. Klubda ko'plab o'z ishining ustalari jam bo'lgan. Dyupon klubga kelganiga ko'p bo'lmadi, lekin biz unga to'liq ishonamiz. Aynan u futbolchilarni chempionatning hal qiluvchi pallasiga zo'r tayyorlay oldi".


"Manchester Siti" bilan uchrashuv haqida
"Bizning bor energiyamiz bugungi o'yinga qaratilgan".


Hakamlarning "Madrid"ga munosabati va bu boradagi gap-so'zlar borasida
"Har kim o'z fikrini bildirish huquqiga ega. Men odamlarning gapini muhokama qilib o'tirmayman. Biz maydonda mehnat qilamiz. Vazifamiz har bir futbolchi o'sishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilish".

Ferlan Mendi haqida

"Uning transferi shaxsan men klubdan so'ragandim. Ushbu transferni rahbariyat bilan o'rganib chiqtik va amalga oshirdik. Mendi yosh, iqtidorli futbolchi, lekin uni Marselo bilan solishtirmagan bo'lardim. Mendi – kelajak futbolchisi va uning joyi shu erda. U aynan biz bilan ekanligi ajoyib".


P.S: Texnik nosozlik uchun uzr so'raymiz. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика