Zinedin Zidan: Bu futbol, biz qo'limizni tushurmaymiz

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2017, 09:45
Real bosh murabbiyi Zinedin Zadin Ispaniya kubogi doirasidagi Seltaga qarshi o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirdi.

Biz qo'limizni tushurmaymiz. O'yin oxiriga qadar yaxshi o'yin ko'rsatdik. Nimadir yetishmadi, raqibni tabriklayman.

Yaxshi o'yin o'tkazganimizdan xursandman, ammo kubokdan chiqib ketganimizdan xafaman. Endi Ispaniya chempionati haqida o'ylaymiz. Primero va YCHLda kurashni davom ettiramiz.

Keyingi bosqichga chiqa olmaganimizdan barcha futbolchilar xafa. Bu futbol. Ishlashda davom etamiz, – deydi Zidan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com