Zinchenko: “Lion”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Gvardiola bir og'iz so'z ham aytmadi”

Eldor Akmurzayev
22 avg 2020, 21:10
“Shaharliklar” futbolchisi Aleksandr Zinchenko jamoasining YCHLni erta tark etganini esga oldi.

“O'zim ham bularning barchasini yodimdan chiqara olmayman. U yerda bo'lgan voqealar … O'yindan keyin bosh murabbiy hatto echinish xonasiga ham kirmadi, bir og'iz so'z ham aytmadi. Barchasi shundoq ham oydinlashib turgan bo'lsa, nima ham deya olaman?!

“Siti” uchun so'nggi o'yinini o'tkazgan David Silva va Klaudio Bravo kabi futbolchilarni kuzatish ayanchli edi.

Ular uchun ushbu musobaqada g'olib chiqishni istardik. Biroq, taasufki, shunday notada tatilga chiqishimiz to'g'ri keldi. Ammo bu futbol”, deydi ukrainalik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua