Ziesh "Chelsi"dan ketishga qaror qildi

Alisher
4 avg 2021, 12:10
Marokashlik vinger Xakim Ziesh ushbu transfer oynasida klubini o'zgartirmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skira xabar berishicha, Angliya klubi rahbariyati o'yinchini qo'yib yuborishga tayyor.

Xakimi uchun bosh da'vogar "Milan" hisoblanadi. "Rossonerilar" futbolchini keyinchalik xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor.

Ziesh "Chelsi"ga 2020 yilning yozida o'tgandi. Tomonlar o'rtasida tuzilgan bitim 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira