

Qayd etilishicha, “Real” bosh murabbiyi jamoa sardori Serxio Ramosning klubdan ketishiga qarshi. Zidan Ramosga bu muammoni o'zi hal qilishga vada bergan. Fransiyalik mutaxassis yangi jamoani Ramos bilan tasavvur qilayotganini ham ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ramosning “Real”dan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Unga Xitoy Superligasi vakilidan o'ta manfaatli taklif tushgani aytilmoqda.



