So’nggi yangiliklar

23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  24 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   0 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:45"Штутгарт" — "Бавария". Германия Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:40"Аланяспор" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:32"Мальорка" — "Барселона". Педри, Ямал ва Рафинья асосий таркибда  34 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23 21:28Сергей Лушчан: "Ким хато қилса шу ютқазиши сезилганди"  11 21:12АПЛ. "Тоттенхэм" илк турда йирик ғалабага эришди  2 21:08Виталий Левченко: "Энг зўр мухлислар водийда"  17

Zidanni rom etgan iqtidor Yangiliklar

Zidanni rom etgan iqtidor

Teglar :  Zinedin Zidan
Franciya mezbonligida o'tgan Evro-2016 tomoshabinlarni o'ziga jalb etgan pallada klub selekcionerlari ishlari bilan band bo'lishdi.

Top futbolchilar ko'hna qita chempionati va Kopa Amerika muammolarini hal qilish maqsadida malum muddat tanaffus olishgani tufayli skautlar diqqati yosh iqtidorlarni izlashga qaratildi. Barsa braziliyalik kelajagi porloq markaziy himoyachini ijaraga oldi, Lion Janubiy Amerikaning eng istedodli himoyachilaridan biriga ega bo'ldi, Borussiya o'z safini turkiyalik futbolchi evaziga to'ldirdi... Madridning Real klubi ham voqealar rivojidan chetda qolishni istamagan chog'i, paragvaylik vunderkind - Serxio Dias bilan shartnoma imzoladi.

1998 yilda tug'ilgan futbolchi 16 yoshida Paragvay primerasi himoyachilarini ancha qiyin ahvolga sol­gan. Uni o'z mamlakatida o'tgan mavsum La-Ligada 11ta gol urgan Sanabriyadan ham iqtidorliroq deb bilishadi, Paragvayning kelajagi sifatida tilga olishadi.

Dias to'qimachilar poytaxti - Itauguada tug'ilgan. Futbolga etti yasharligida kirib kelgan Serxio o'n yoshga to'lganida Paragvayning eng kuchli klublaridan biri hisoblangan Serro Porteno akademiyasiga qabul qilindi. U tavallud topgan shahar Asunsondan uncha yiroq emasdi, ammo 10 yoshli bolakay uchun shu masofaning o'zi ham uzoqlik qilardi. Natijada, farzandlarining iqtidoriga ishongan ota-ona poytaxtga ko'chib o'tishni lozim topishdi.

U-15 jamoasiga qo'shilgan forvard har jabhada sheriklaridan ajralib turardi. Yarim yil mobaynida mamlakat yoshlar birinchiligida 33ta gol urdi. O'sha kezlari yoshlarga ustozlik qilgan Diego Gavilan bu futbolchini tezroq asosiy jamoaga o'tkazish kerakligini ko'p takidlagan. Serxioning debyuti o'zini uzoq kuttirmadi. Yigitcha kattalar futbolidagi faoliyatini 16 yoshida boshladi. Qanday boshlagani esa alohida mavzu: 20ta o'yinda 8ta gol va paragvaylik Aguero haqida butun Janubiy Amerika bong urdi.

Kuchli tomonlari

Diasning texnikasi yuqori, to'p bilan engil va ishonchli muomala qiladi. Aksariyat gollarini qoyilmaqom driblinglardan so'ng urgan - ancha epchil bo'lgani tufayli bir-ikki himoyachini bemalol aldab o'tadi. Serxio - harakatlarini kuzatish maroqli bo'lgan futbolchilardan biri: jozibali o'yinlari tufayli uning ishtirokidagi uchrashuvlar muxlislar yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Boshlang'ich tezlanishi ajoyib, yuqori tezlikda to'pni o'zida ushlab turishi tahsinga sazovor. Uzatmalarni qabul qilish, yo'nalishni o'zgartirish va darhol tezlashish bo'yicha kamchiliklardan xoli. Odatda, uncha chaqqon bo'lmaydigan markaziy himoyachilar uchun bunday hujumchini to'xtatish qiyinchilik tug'diradi.

SHuningdek, Diasning har ikki oyoqda bir xil zarba bera olishi (garchi chap oyog'idan kam foydalansa ham) va oldindagi faolligi ham alohida etirofga loyiq. Serxio to'psiz o'ynashda faol, raqibga pressing ishlatadi, hamisha bo'sh hududlar topishga intiladi.

Kuchsiz tomonlari

Bo'yi unchalik baland emas (bor-yo'g'i 170 santimetr), 


Maqolaning davomini "InterFutbol" gazetasi saytida o'qish mumkin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика