Zidanda Pogbaning transferi bo'yicha rejalar bor
20 iyu 2019 11:14
Yangiliklar
Zidanda Pogbaning transferi bo'yicha rejalar bor
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning Madrid klubiga o'tishi bo'yicha rejalar bor.
- "Real" nimani xohlashini biladi. 31 avgustga qadar ko'p narsalar sodir bo'lishi mumkin. Ammo tafsilotlarga berilmayman. Har holda klubning bu boradagi rejasi bor, - deydi Zidan.
Madridliklar bir necha haftadan buyon 26 yoshli xavbekni sotib olishga urinib ko'rishmoqda.
"Real" MYU xohlayotgan 200 million evro berishga tayyor emasligi transferning bosh to'sig'i bo'lib turibdi.
Pogba yakunlangan mavsum APLda 35ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar