Zidan: “Yigitlar o'tgan o'yindagi tanqidlarga munosib javob berishdi”
05 mar 2017 01:54
Yangiliklar


Zidan: “Yigitlar o'tgan o'yindagi tanqidlarga munosib javob berishdi”
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Eybar”ga qarshi (4:1) bahsdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Yigitlar o'tgan o'yindan keyingi tanqidiy fikrlarga yaxshi javob berishdi. Biz uchrashuvni yaxshi boshladik va tezkor gollar urishga erishdik. Birinchi bo'lim uchun usta gol – bu juda yaxshi natija. Maydonning holati u qadar yaxshi bo'lmasada, biz gollar urishga muvaffaq bo'ldik. Biz o'yinga munosib hozirlik ko'rdik, har doim raqibga hurmat bilan qaraymiz.
Benzemaning o'yinidan xursandman. U gollar urdi va jamoadoshlari bilan bir birlarini yaxshi tushunib o'ynadi.
Jamoamning o'yinga yondoshuvidan mamnunman. Mavsum davomida parvozlar va qulashlar bo'lib turadi. Har doim mazmunli o'yin ko'rsatib bo'lmaydi”, deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar