Zidan "Xetafe" ustidan g'alaba va Ramosning kelajagi haqida gapirdi
10 fev 2021 09:24
Yangiliklar


Zidan "Xetafe" ustidan g'alaba va Ramosning kelajagi haqida gapirdi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Xetafe"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yindan qoniqdim. Biz boshqacha sxemada o'ynagan bo'lsakda, yaxshi o'yin namoyish etdik. Bunga ko'p vaqt ajratmadik, ammo o'yin oldidan rejani muhokama qilib olish uchun vaqt bo'ldi va yigitlar barchasini alo darajada bajarishdi.
"Atletiko"dan ortda qolish? Vazifamiz - oxirigacha kurashishdir.
Ramosning kelajagi tasir qiladimi? Albatta, bu ko'p narsaga tasir qiladi. Ammo faqat gapirish bilan xech narsa o'zgarib qolmaydi. Biz faqat kurashishni davom ettirib, futbol o'ynashimiz lozim", - dedi Zidan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar