So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

"Ronalduning o'rnini to'ldiradigan futbolchi haqida o'ylamayapman. Fikrimcha, bugun "Real" ishqibozlari uchun muhim kun va men qaytganimdan xursandman" - Zidan ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Ronalduning o'rnini to'ldiradigan futbolchi haqida o'ylamayapman. Fikrimcha, bugun "Real" ishqibozlari uchun muhim kun va men qaytganimdan xursandman" - Zidan ishtirokidagi matbuot anjumani

"Real" jamoasiga Zinedin Zidan bosh murabbiy etib tayinlandi.

"Real" bosh murabbiyi va jamoa prezidenti ishtirokidagi matbuot anjumani LIVE

YANGILASH

01:11. SHu bilan bugungi matbuot anjumani o'z nihoyasiga etdi.

01:09. "Ronalduning o'rnini to'ldiradigan futbolchi haqida o'ylamayapman. Fikrimcha, bu kun muhim va men qaytganimdan xursandman. Keyingi mavsum uchun kerakli odamlar bilan muhokama yuritishmizga vaqt etarli. Lekin, hozir qolgan 11 o'yinni o'ylamoqdaman", - dedi Zinedin Zidan.

01:02. "Butun mavsumni kuzatib bordim. Futbolchilar bilan birga bo'lishni xohlayman. O'ylashimcha, ular birinchi navbatda bu yil juda og'ir o'tgani va bu futbolda bo'lib turadigan vaziyat ekanini tushunishlari lozim. Har doim ham g'alaba qozonib, yaxshi natijalarga erishib bo'lmaydi".

00:58. "Ayni damda texnikasi yuqori bo'lgan futbochlilardan tashkil topgan jamoaga ustozlik qilaman. Ortda qolgan 9 oy mobaynida quvvatimni sozlab oldim va o'z ishlarim bilan shug'ullandim. Hozir "Real Madrid" bilan tajriba to'plashga tayyorman", - deya fikrlarini davom ettirdi franciyalik mutaxassis.  

00:50. Krishtianu Ronaldu jamoaga qaytadimi? Siz qaytdingiz...

- Hozir Ronalduning qaytishi haqida gapiradigan payt emas. O'zingiz ham yaxshi tushunib turibsiz, Krishtianu tarixda qoldi. Hech kim buni o'zgartira olmaydi. Ayni vaqtda bu narsalarni gapirish noo'rin, deb o'ylayman.


00:42. "Keyingi yillarda barchasi o'zgarib ketishi mumkin. Lekin, hozir aytishim kerak bo'lgan narsa shuki, oldimizda 11ta o'yin bor. Ularning barchasida yaxshi natija ko'rsatib, mavsumni ko'tarinki ruxda yakunlashimiz kerak", - deydi Zidan. 

00:39. "Bu men uchun katta masuliyat. Klub vakillarining barchasi jamoani qattiq sevishadi. Men ham ularning ichidaman. Futbolni sevaman, men "Real" libosida ko'p o'ynaganman va ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritganman. Hozir "Real" bilan erishgan yutuqlarim bilan cheklanib qolmayman. Yana qayta sog'lom jamoa qurmoqchiman.

00:30. Zinedin Zidan: "Men bugungi voqelik hamma uchun alohida kun ekanini bilaman va uyga qaytganimdan baxtliman. Jamoaga qaytib kelganimdan xursandman. Klubga qaytib, "Real" uchun yana ishlashda davom etaman. Bundan juda baxtiyorman. Ertadan ish boshlaymiz".

Zidan so'zga chiqdi


00:23. Peres: "Besh yil ichida 4 marotaba ECHL g'olibligi amalda takrorlab bo'lmas natija. Bundan faxrlanaman. Bu albatta "Real" afsonasiga tegishli, bu abadiy bo'lib qoladi. Biz uchun dunyoning eng yaxshi murabbiyi "Real"ga qaytdi". 

00:17. "Biz, madridliklar 117 yillik tariximizning eng yorqin bosqichlaridan birida yashadik. Bugun biz Evropada 1000 kundan ortiq vaqt davomida chempion jamoamiz. Biz qiyin va murakkab davrni boshdan kechirdik, lekin hozir bu muxlislarga qanchalik og'ir ekanligini bilamiz", - deya Peres o'z kirish so'zida aytib o'tdi.

00:03. 2018 yil 31 may kuni "Real"ni tark etgan Zizu 284 kundan keyin jamoaga qaytdi.

23:43. Zinedin Zidan va Florentino Peres bilan suhbat Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Ushbu havola orqali ham kuzatishingiz mumkin.

23:42. Umuman, Zayniddin Zidan “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi sifatida 149ta o'yinda qatnashgan. SHularning, 104tasida g'alaba qozonib, 16tasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Yana 29 uchrashuvda esa uning shogirdlari murosa yo'lini tanlagan. G'alaba ko'rsatkichi - 69%.

23:40. Franciyalik mutaxassis boshqaruvida "qaymoqranglilar" o'yinida o'sish kuzatilgan va 2016 yil 2 aprel sanasida "Barselona"ga qarshi klasikoda g'alaba qozonib, jamoani yana LaLiga chempionlik poygasiga qaytara olgan. O'sha mavsumda "Barselona" 91 ochko to'plab, chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa-da, "Real" so'nggi o'yinga qadar kataloniyaliklarga kuchli raqobat yarata olgan va 90 ochko bilan ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan.

23:38. Zidan qo'lostida "qirollik klubi" debyut uchrashuvini "Deportivo" klubiga qarshi o'tkazib, yirik 5:0 hisobida g'alaba qozongan.

23:36. Zinedin Zidan dastlab 2016 yil 4 yanvar kuni Rafael Benites o'rniga "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Rasman: Zidan "Real"ga qaytdi 

Zidan “Real” murabbiyi sifatida qanday natijalarga erishgandi

Reyting: +91   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика