Zidan: “Kurashishda davom etamiz”
25 apr 2021 07:37
Yangiliklar


Zidan: “Kurashishda davom etamiz”
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 32-turi doirasida “Betis”ga (0:0) qarshi bellashuvdan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Nima maqsadda maydonga tushganimizni yaxshi bilamiz, ammo bugun o'zimiz istagan natijaga erisholmadik. Mavsum davomida bu kabi holatlar bir necha bor kuzatilmoqda.
SHunga qaramay ishlashda davom etish va marra sari olg'a intilish lozim. Har qanday holatda ham imkoniyat bor ekan biz kurashda davom etamiz.
Azar haqida gapiradigan bo'lsam, eng muhim jihat uni jarohat bezovta qilmayapti. Ishonamizki, u bizning ishimizga katta yordam beradi”, dedi Zidan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar