Zidan Solarini almashtirgan tarixiy o'zgarish
12 mar 2019 00:18
Yangiliklar
Zinedin Zidan 2001 yilda "Real"ga keladi. O'sha yili 28 noyabr kuni jamoa Ispaniya kubogida "Lanzarote" mehmoni bo'ladi. Del Boske asosiy bo'lmagan tarkib futbolchilariga imkoniyat beradi: Munitis, Guti, Solari, Makmanaman, Makelele, Selades, Raul Bravo, Karanka, Pavon, Jeremi Njitap va Sanches darvozada.
Uchrashuvning 72-daqikasida hisob «Real» foydasiga 3:1 bo'lib turgan paytda (Solari hisobida ikkita golga assistentlik yozilgan) murabbiy Solarini Zidanga almashtiradi. Mana o'sha tarixiy voqea tasvirlangan video.
Solari faqatgina bir marotaba Zidanga almashtirilgan. Aksincha, maydonga Zidan o'rniga Solari tushishi juda ko'p sodir bulgan — 21 marotaba.
Bugun esa 2001 yildan keyingi Solari o'rniga Zidan o'zgarishi qayta amalga oshirildi. Faqat endi murabbiylik kursida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar