Zidanning shedevri 17 yoshga to'ldi

Aslanov Jasurbek
15 may 2019
Bundan roppa-rosa 17 yil oldin "Real" sobiq futbolchisi, ayni damda "Qirollik klubi" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Zinedin Zidan futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan biriga mualliflik qilgan edi.

2001/2002 mavsum Chempionlar ligasi finalida "Real" hamda "Bayer" to'qnash kelgan. Bahsdagi barcha gollar birinchi bo'limda kiritilgan. O'sha payt "Real" sharafini himoya qilgan Zidan Roberto Karlosning uzatmasidan so'ng juda chiroyli gol urib, jamoasi g'alabasiga sababchi bo'lgan. Bu final 15 may kuni o'tkazilgan edi.

"Bayer" - "Real" 1:2

Gollar: Lusio 13 - Raul 8, Zidan 45. 

TAS-IX

 


TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia