Zidan Serxio Ramosning jarohatiga kim aybdorligini aytdi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2021, 14:00
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Serxio Ramosning jarohati haqida gapirdi.

Ramos olgan jarohati tufayli "Barselona"ga qarshi bahsda va YCHLdagi "Liverpul"ga qarshi ikkita o'yinda ishtirok eta olmaydi.

"Bunda hech kim aybdor emas - Ispaniya terma jamoasi ham emas, "Real" ham emas. Bu futbolning bizga yoqmaydigan tomoni. Jarohatlarga tayyor bo'lishimiz kerak. Ramos tezroq tiklanishini xohlaymiz. U jamoamiz sardori. Tez orada Serxioni maydonda ko'ramiz, - deydi Zidan Marca nashriga.

"Real" 10 aprel kuni "Barselona"ga qarshi o'ynaydi. "Liverpul"ga qarshi YCHL chorak final bahslari 6 va 14 aprel kunlari bo'lib o'tadi.
 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com