Zidan Serxio Ramos haqidagi fikrlarini bildirdi
13 mar 2021 07:08
Yangiliklar
Zidan Serxio Ramos haqidagi fikrlarini bildirdi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Serxio Ramos haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ramos boshqalarga o'xshamaydigan futbolchi. U o'ynashni davom ettirmoqchi. U agar o'zini hozirgidek yaxshi his qila olsa 40 yoshgacha ham futbol o'ynay oladi.
Futbolchi qachon faoliyatini yakunlashini o'zi hal qiladi. Buning uchun qandaydir yosh belgilab qo'yilmagan.
Uning shartnomasi bilan nima bo'lishini bilmayman. Ammo murabbiy sifatida Ramos "Real"da qolishini istayman. CHunki u biz uchun muhim futbolchi. U qolib, o'ynashda davom etishini xohlayman", - dedi Zidan.
Fikrlar