Zidan Serxio Ramos haqidagi fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
13 mar 2021
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Serxio Ramos haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ramos boshqalarga o'xshamaydigan futbolchi. U o'ynashni davom ettirmoqchi. U agar o'zini hozirgidek yaxshi his qila olsa 40 yoshgacha ham futbol o'ynay oladi. 

Futbolchi qachon faoliyatini yakunlashini o'zi hal qiladi. Buning uchun qandaydir yosh belgilab qo'yilmagan. 

Uning shartnomasi bilan nima bo'lishini bilmayman. Ammo murabbiy sifatida Ramos "Real"da qolishini istayman. Chunki u biz uchun muhim futbolchi. U qolib, o'ynashda davom etishini xohlayman", - dedi Zidan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: realmadrid.com