Zidan Seltaga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
08 jan 2018 09:21
Yangiliklar
Zidan Seltaga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
Real ustozi Zinedin Zidan Ispaniya chempionati doirasidagi Seltaga qarshi o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirdi.
«Bizga nima etishmadi? Ikkinchi taym va 90 daqiqa davomida yaxshi o'yin. Birinchi 45 daqiqalikni ajoyib o'tkazdik, ikkinchisi haqida bunday deya olmayman. Bo'lib o'tgan holatni yaxshilab tahlil qilish lozim.
«Selta» pressing qildi, biz esa etarli darajada o'ynay olmadik. Golli vaziyatlarda ishonchliroq o'ynashimiz lozim.
Bo'lib o'tgan narsaga izoh topa olmayaman. Vaziyatni o'nglab o'zimizga kelishimizga ishonaman.
Peres yigitlarni ruhlantirish uchun kiyim almashtirish xonasiga kirdi», – deydi Zidan.
Fikrlar