Zidan Ronalduni zaxiraga olgani haqida: Men shunchaki unga dam olish imkoniyatini berdim
08 apr 2018 23:30
Yangiliklar
Zidan Ronalduni zaxiraga olgani haqida: Men shunchaki unga dam olish imkoniyatini berdim
“Real” bosh murabbiy Zinedin Zidan “Atletiko”ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Krishtianu bu Krishtianudir. U o'z faoliyati davomida har mavsum 50 tadan gol urib kelmoqda. Almashtirish? Men shunchaki unga hordiq olish imkoniyatini taqdim etdim. Bizda o'yinlar ko'p, shu sababdan unga bazida dam olish zarur. Unga esa hozir shu kerak. U kundan kunga kuchli bo'lib bormoqda, siz buni ko'rishingiz mumkin. “Atletiko” bilan o'yinimizdan qoniqdim. Ammo biz ko'prog'iga loyiq edik. Bizda juda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. O'z o'rnida yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi”, — dedi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar