Zidan Ronalduni maqtadi
15 may 2017 11:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/253424_original.jpg)
![](/upload/storage/253424_220.jpg)
Zidan Ronalduni maqtadi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan yana bir bor hujumchi Krishtianu Ronaldu nomiga iliq so'zlar aytdi.
Portugaliyalik forvard "Sevilya"ga qarshi LaLiganing 37-tur uchrashuvida dubl qayd etib, jamoasining g'alabasiga (4:1) xissa qo'shdi.
"Ronaldu haqida nima deyishim mumkin? Unda boshqalardan ajralib turadigan jihat bor. Ikkinchi goli esa... Kroosdan yaxshi pas bo'ldi, Ronaldu esa zarba beradigan joyni topdi. Ammo u qilgan ish gollardan afzalroq. Ronaldu muhim pallalarda doimo "Real"ga yordam bergan" - deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar