Zidan: "Real" La Ligani yutmoqchi. Oxirigacha kurashamiz"
01 may 2021 08:02
Yangiliklar
Zidan: "Real" La Ligani yutmoqchi. Oxirigacha kurashamiz"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Ligadagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.
"Asosiysi - imkon qadar ko'proq ochko to'plashdir. La Liga chempionligi uchun to'rt jamoa kurashmoqda. Mavsum oxirigacha shunday bo'lib qoladi.
Xar bir mayda detal ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Poygada to'rtta jamoa bor. Biz chempion bo'lish uchun bor kuchimiz bilan kurashamiz.
La Liga qiyin musobaqa. Oxirigacha shunday bo'lib qoladi. Raqiblarimiz mag'lubiyatga uchrashlaridan zavq olmayman. Biz oxirigacha kurashmoqchimiz.
Bor etiborimizni "Osasuna" bilan o'yinga qaratganmiz", - dedi franciyalik mutaxassis.
Fikrlar