Zidan: "Real" futbolchilari dam olishdi va "Barselona"ga qarshi bahsga tayyor"
05 may 2018 17:20
Yangiliklar
Zidan: "Real" futbolchilari dam olishdi va "Barselona"ga qarshi bahsga tayyor"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 36-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
Bahs 6 may kuni "Kamp Nou" stadionida, Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
"Real" yaxshi formada, yigitlar dam olishdi va "Barselona"ga qarshi o'yinga tayyor. Bu muhim uchrashuv, 3 ochko bilan turnir jadvalida holat o'zgarmaydi, ammo g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
Jarohatlangan futbolchilarga to'xtaladigan bo'lsak, 100% oyoqqa turmaganlar maydonga tushmasligi aniq. Bizda ularning o'rnini egallay oladigan etarlicha o'yinchi bor" - deydi Zidan.
Fikrlar