Zidan: "Qovurg'asida muammo bor himoyachimizni maydonga tushirmayman"
14 may 2017 14:47
Yangiliklar
Zidan: "Qovurg'asida muammo bor himoyachimizni maydonga tushirmayman"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Sevilya"ga qarshi LaLiganing 37-tur uchrashuvi oldidan himoyachi Pepeni maydonga tushirmasligi haqida aytdi.
Portugaliyalik futbolchi qovurg'asi singani tufayli 8 apreldan beri maydonga tushmayapti, ammo mashg'ulotlarni boshlab yuborgan.
Pepe "Real"ning joriy mavsum "Santyago Bernabeu"da o'tkazadigan so'nggi bahsida muxlislar bilan xayralasha olmaydi. 34 yoshli futbolchining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi yozda yakunlanadi.
"Pepe 10 yil ichida bu erda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ammo tavakkal qilmayman, chunki uning qovurg'asida muammo bor" - deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
18:08
Pep: "Uch oy oldin qiynalishimizni his qilgandim. Hozir jon saqlab qolish uchun harakat qilamiz" 2
00:44
Pep Gvardiola: "Husanov APLda o'ynashga tayyor. ECHLda esa pley-offga chiqib olishimiz kerak" 5
Fikrlar