Zidan: "Muxlislar doimo Ronaldu xet-trik qayd etishini kutishadi"
19 okt 2016 10:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/224984_original.jpg)
![](/upload/storage/224984_220.jpg)
Zidan: "Muxlislar doimo Ronaldu xet-trik qayd etishini kutishadi"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Legiya" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (5:1) so'ng, hujumchi Krishtianu Ronaldu o'yiniga izoh berdi.
Portugaliyalik bu o'yinni golsiz tark etdi, ammo o'z hisobiga ikkita golli pas yozdirib qo'ydi.
"Muxlislar doimo Ronaldudan xet-trik kutishadi, ammo u bugun jamoadoshlari uchun ko'plab vaziyatlar yaratdi. Biz har bir futbolchimizning ishidan mamnunmiz. Bazida Krishtianudan ko'pini kutishimiz haqiqat. Barchamiz u ko'p gol urishni istaymiz. Ronalduda imkoniyatlar bo'ldi, ammo u vaziyatlardan foydalana olmadi.
Asosiysi unda imkoniyatlar bo'ldi, u jamoadoshlariga assistentlik qildi, dam olish kunida esa gol urdi. Biz doimo undan ko'prog'ini talab qilamiz va kutamiz - chunki u Krishtianu" - deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar