Zidan: “Benzemaning joyi - Fransiya termasida”

9 noya 2019, 01:35
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoasi hujumchisi Karim Benzemaning Fransiya termasidagi faoliyati haqida gapirdi.

“U har doim terma jamoa chaqiruviga e'tiborli bo'lib kelgan va doim termada to'p tepishni istagan. Ichkarida nimalar bo'layotganidan xabarim yo'q. Agar siz menga bu haqda savol bersangiz, men futbol nuqtayi nazaridan javob bera olaman: Benzema shunchaki eng yaxshi futbolchilardan biri.

Shunda ekan uning o'rni Fransiya terma jamoasida. Bu aniq. Qolgan holatlar bizning nazoratimiz ostida emas”, deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football