Zidan: "Azar qiyin davrni o'tkazmoqda"
05 iyu 2020 13:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578990_original.jpg)
![](/upload/storage/578990_220.jpg)
Zidan: "Azar qiyin davrni o'tkazmoqda"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Eden Azarning hozirgi holatiga to'xtaldi.
"Eden hozir qiyin davrni boshidan o'tkazmoqda. Uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emasman. SHuningdek, u ham bizning rejalarimizga rozilik berdi. Eden ushbu mavsumda yana o'ynashiga umid bildirib qolaman. U "Espanol"ga qarshi o'yinda qattiq zarba qabul qilib oldi. SHu sababli hozirda u bilan maxsus mutaxassislar ishlashmoqda", - dedi Zidan.
Ushbu mavsumda 29 yoshli Azar "Real" tarkibida barcha turnirlarda 1 gol va 7 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar