Joze Mourinyu: "Lukakuning taqdirini men hal qilaman, uning o'zi emas
04 dek 2013 10:04
Yangiliklar


Joze Mourinyu: "Lukakuning taqdirini men hal qilaman, uning o'zi emas
"CHelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Everton" hujumchisi Romelu Lukakuning ijara muddati yakuniga etganidan so'ng ham iriskalar" safida qolish niyati borligi haqidagi so'zlaridan norozi.
Portugaliyalik murabbiyning so'zlariga qaraganda, Lukakuning taqdirini aynan u hal etar ekan, futbolchining o'zi emas.
– Buni men hal qilaman. Yoki futbolda yangi qoida chiqdimi? Nima endi futbolchilar har mavsum yakuniga etgandan keyin hohlagan jamoasiga o'tib ketaveradimi? Har holda meni bundan xabarim yo'q. Balki rostdan ham shunday o'zgartirish kiritilgandir, - deya Joze so'zlaridan iqtibos keltiradi Daily Express.

Fikrlar