So’nggi yangiliklar

17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  14 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  25 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7

Joze Mourino: “Jamoa barchasidan ustun” Yangiliklar

Joze Mourino: “Jamoa barchasidan ustun”

Bir necha kunlar avval “CHelsi” bilan Angliya chempionligini qo'lga kiritgan Joze Mourino “BT Sport” telekanali ijodiy guruhining savollariga javob qaytardi.
Tabiiyki, unda Albionning eng kuchli jamoasi va ushbu mavsumga oid savollar berildi. Intervyu londonliklar chempionlikka erishgan kunning o'zida tashkil etildi.

- Joze, chempionlik bilan tabriklaymiz. Angliya chempionatidagi 3-g'alabangizga erishganingizdan atigi ikki soatcha o'tdi. Hozir uydasiz. Qanday hissiyotlar og'ushidasiz?
- Rahmat. O'zimni charchagan his qilyapman (kuladi). Albatta, men baxtliman va yigitlar bilan faxrlanaman. Bu yangi jamoa va chempionatdagi g'alaba tajribasi etarli bo'lmagan futbolilar guruhi edi. Endi Eshli Koul, Frenk Lampard va Essen kabi “CHelsi”ning oxirgi 10 yillikdagi muvaffaqiyatini aniqlab bergan o'yinchilar yo'q. Yangi jamoada yangi futbolchilar bilan oxirgi ikki yilda katta hajmda ish olib bordik va shu sababli baxtiyorman. Lekin men g'alabadan keyin birinchi bo'lib uyga qaytaman.



- Va siz bu erdasiz. Avval ko'plab chempionlikni qo'lga kiritgansiz. Hozir qo'l ostingizda yangi tajriba bo'ladigan jamoa mavjud. Jamoani ushbu bellashuvga tayyorlashda avvalgilari bilan farq bo'ldimi?
- O'zimizni qulay his qildik, lekin bosim sezildi. Biz uyda o'ynadik, muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonishimiz zarur edi. Qiyin bo'ldi. Odatdagidan issiqroq havo ham maydondagi holatga tasir qildi. Engillik bilan to'pni nazorat qila olmadik. “Kristal Pelas” ajoyib uchrashuv o'tkazdi. Boshqa mamlakatda bunday o'yin 5:0 hisobida tugagan bo'lardi. “Pelas”ga hech narsa kerak emasdi, ular premer-ligada barqaror pog'onani egallab bo'lishgan. Biroq ular xuddi ochko o'ta zarurdek harakat qilishdi. Premer-ligada qolish yoki Evrokuboklarga yo'llanma olish uchun ochko kerakdek o'ynashdi. Bu ajoyib, o'yinning o'ziga xos tabiati. G'alabaga intilish, mag'lubiyatni xushlamaslik.

- Bundan kuchli tarzda rohatlandingizmi? CHempionatda shunday raqobat bilan g'olib chiqqaningizdan?

- Mutlaqo. Odamlar turli chempionatlardagi peshqadam jamoalarni taqqoslashganda kulib qo'yaman. Men kulaman va bunga haqqim bor, chunki barcha etakchi chempionatlarda ishlab ulgurganman. Germaniya, Ispaniya, Italiyada 7:0 hisobidagi g'alabalarni osonlikcha uchratish mumkin – bu etakchi va qolgan jamoalar o'rtasidagi farqni ko'rsatadi. Angliyada bunday emas. Bu erda peshqadamlar ham har bir bahsda harakat qilishlari shart. Mavsum boshida bizda ishonchli g'alabalar uchradi, o'shanda hammasi bizning scenariy bo'yicha ketdi. Lekin asosan 1:0, 2:1, 0:0 kabi natijalar uchradi. SHuning uchun shogirdlarim amalga oshirgan ishdan g'ururlanaman. Yilning birinchi kunida biz London derbisida “Tottenxem”ga yutqazdik va “Siti” bilan teng ochko to'plagandik. SHundan so'ng biz biror marta mag'lub bo'lmadik va o'rtadagi farqni oshirib bordik.

Fevral-aprel oylarida muammolar boshlandi. Fabregas va Kostaning jarohati, Remini ikki marta yo'qotdik, Matich diskvalifikaciya qilindi. Ko'plab muammolar. Bunday vaziyatda g'alaba qozonishda davom etish uchun qanday g'alaba qozonishni bilish lozim. Bu sanat. Bunda eng qiyini kuchli jamoaga ega bo'lish, katta xohish, intizom va mehnatkashlardan iborat. SHu sababli oxirgi oy meni xursand etmoqda – qiyin sharoitda biz birdamlikni namoyish qildik va o'yindan-o'yinga ochkolarni yig'ib bordik. Yakunda uch tur oldin chempionatda muvaffaqiyatni tantana qildik.

- Hamon hozirgidek kunlarda asabiylashasizmi?
- Albatta, muhimlik sezilib turadi.



- Yaxshi uxladingizmi?
- Hamisha yaxshi uxlayman. O'yindan keyin yomon uxlashim mumkin, biroq uchrashuvdan avval har doim yoqimli uyqu bo'ladi. Hafta mobaynida futbolchilarni bu oddiy o'yin ekanligiga ishontirishga urindim, lekin ular barchasini yaxshi tushunishadi. Bizdan g'alaba kutishgandi. Ha, biz bugun bo'lmasa, ertaga yoki keyingi haftada chempionga aylanardik. Lekin hozir engillik bilan nafas olish mumkin.

- Va bo'sh qo'yish ham! Hozir 100 foizga baxtlimisiz?
- Ha, 100 foizga.

- Bu sizdan kamdan-kam bo'ladi. Odatda hamisha keyingi uchrashuv va sinovni kutishdir. Soat 9da uyquga xotirjam yotasizmi?

- Yo'q, biz oilaviy kechki ovqatga jo'naymiz. Lekin bunda alohida holat yo'q, oilam bilan tez-tez birga restoranga borib turamiz. Ular ham xursand, chunki bugun o'yinda bo'lishdi. Odatda faqat o'g'lim keladi, lekin bugun ular men uchun qanchalik muhimligini his etishdi. Tushuning, bu men uchun shunchaki qaytish emasdi, men baxtli bo'lgan joyimga qaytgandim. Bu tavakkalchilik edi. Muxlislar 50 yildan so'ng birinchi chempionlikni yaxshi eslashadi, ular ko'p narsa kutishayotgandi. Agar nimadir o'xshamagandi odamlar nima uchun bunday qilganimni so'rashardi. Lekin endi oilam baxtli – men “CHelsi” va Angliyaga qaytishni juda istagandim. Hech qachon “Stamford Brij” “Xall” bilan bahsda qaytishimni qanday qarshi olganini unutmayman. Va mana – biz yana chempionmiz.

- Oilangiz faoliyatingizda ilhom berishini bilamiz. Futbol va oilani mavsum davomida qanday birga olib borasiz?
- Bu narsalarni ajratishga harakat qilaman. Ularning kayfiyati va hayoti mening muvaffaqiyatlarim va omadsizliklarimga bog'liq bo'lib qolishini istamayman.

- Ular gazeta o'qishsa kerak? TV orqali yangiliklarni kuzatishadimi?
- Ular TVda yangiliklarni kuzatishmaydi va gazeta o'qishmaydi. Ular meni o'qishadi. Ular men qayg'urayotganim va asabiylashganimni sezishadi. Mag'lubiyatdan keyin uyga qaytganimda ular hech narsa sodir bo'lmagandek vaziyat yaratishga urinishadi. Men ularga ko'p marta qaytarganman: bu yillarda shunchalik ko'p yutdimki, mag'lubiyat hayotimizga tasir ko'rsatmaydi.

- Yakuniy hushtakdan keyin g'alabani ular bilan nishonlash hissiyotli lahza bo'lgandir:
- Ha, bunday holat faqat Angliyada mumkin. Faqat shu erda oilam zaxira o'rindig'imiz to'g'risida o'tirishi mumkin, Madrid, Milan va Portuda bunday imkoniyat bo'lmagan. Har bir uchrashuvda u erda o'g'lim o'tiradi, lekin bugun oilam shu erda edi. O'yin tugashi bilan men ularning oldiga yo'l oldim.



- Yangi mavsum to'g'risida o'ylashni boshlab yubordingizmi?
- To'g'risi, keyingi uchrashuv haqida o'ylayapman. “Kristal Pelas” haqiqiy futbol nima ekanligiga o'rnak bo'ldi. Men shunday masuliyatni his qilyapman.  Albatta, hozir yigitlar 2 kunni futbolsiz o'tkazishi mumkin, biroq hafta oxirida biz navbatdagi bellashuvga tayyor bo'lishimiz darkor. Mavsum davomida ko'p o'ynash imkoniyatiga ega bo'lmagan yigitlarga imkoniyat beraman, lekin bu hech narsani o'zgartirmaydi. Sovrinni “Siti”ning qo'lidan tortib olganimizdan faxrlanamiz. Endi Angliya chempioni masuliyatini his etyapmiz.

- “Siti” chempionlikni “Yunayted”dan tortib olgandi. Undan oldin “Siti”ning o'zi chempion bo'lgandi. Angliyada anchadan beri vakolatni saqlab qolish hech kimga nasib qilmayapti.
- Rahbariyat bilan mavsum boshida suhbatlashganimda kuchli to'rtlikdagi o'rinni saqlab qolish uchun chempionatda g'alaba qozonishni maqsad qilib qo'yish haqida gapirgandim. Hozir to'rtlikka kirish oson emas. O'tgan yili “Manchester Yunayted” CHempionlar ligasisiz qolib ketdi, bu yil “Liverpul” yoki “MYU” shunday holatga tushadi. Agar keyingi safar biz qolib ketsak, nima bo'ladi? Maksimal kuchayib borishni ishga solish lozim.

- Siz oldin chempionlikni saqlab qolgansiz.
- Nasib etgan. Lekin hozir premer-liga eng qiyin chempionat. Buning uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

- 2006 yilgi “CHelsi” hozirgi jamoa bilan o'ynasa, kim ustun keladi?

- Kimning bosh murabbiy bo'lishiga bog'liq (kuladi).

- Siz chempionlikni yutgan futbolchilar haqida gaplashsak. Jon Terri uchun 2 yil oldin barchasi ortda qolgandek tuyulgandi.
- Ha, uning faoliyatini quyiga boshlayotgan muammolar bordek ko'ringandi. Jamoada ishlagan murabbiylar unga etarlicha ishonishmagandi. O'tgan mavsumni u ajoyib, bu mavsumni esa sehrli tarzda o'tkazdi. U va Ivanovich har bir uchrashuvda maydonga tushishga tayyor ekanliklarini aytishdi – ularni almashtirish shart emas.

- Bugungi o'yindan avval kiyinish xonasida kim so'zga chiqdi?
- Bugunmi? Fabregas. Fantastik nutq bo'ldi. U men o'ylagan narsalarni gapirdi. Biz buning uchun ko'p mehnat qilganimiz va bugun barchasini yakuniga etkazish kerakligi to'g'risida so'zladi. Tanaffusda futbolchilarga kiyinish xonasiga keyingi safar chempion sifatida qaytishlari lozimligini aytdim.

- Bahs tugashiga 2-3 daqiqa qolganda jamoangiz bir to'p farqi bilan oldinda borayotgandi. Siz qanchalik asabiylashdingiz?
- Murabbiylar o'rindig'ida asabiylashishga vaqt bo'lmaydi. SHunchaki o'yinni o'qishga urindim. To'g'risi, tanaffusda barcha futbolchilarni o'qib bo'ldim – ularga keyin nima bo'lishini aytib berdim. Birinchi bo'limda ular qarshi hujumlarda o'ynashdi. Demak, tanaffusdan so'ng doimiy o'yiniga qaytishi aniq edi, Pancheon hujumchilar ortida harakat qiladi. O'yinni ular 2 nafar yirik futbolchining oldindagi harakati bilan tugatishadi. Myurrey va Sanogo bosh bilan o'ynaydimi? Albatta. Faqat Zuma yaxshiroqdir.

- SHu sababli uni tushirdingizmi?
- Albatta. Va o'yin yopildi.

- Siz tushuntirayotganingizda barchasi oddiydek tuyuladi.
- Yo'q, bunday emas. Jamoa ushbu mavsumda barcha savollarga javob berishga qodir edi. Bizga urish kerak bo'lganda gol urdik. Himoyalanish payti kelganda himoyada harakat qildik. Bizga aniq uslubda o'ynash kerak bo'lganda buni uddaladik. Ochko uchun kurashish kerak bo'lsa, buni amalga oshirdik. Oxirgi haftalarda barchasini to'g'ri qildik. Ushbu o'yinchilarda katta xarakter bor – ular uchun xursandman va umid qilamanki, ular o'zlari arziydigan lahzadan rohatlanishadi.

- Uchrashuvdan keyin ularga nima dedingiz?
- Hech narsa. Darhol ofisga keldim, chunki men bilan nima ro'y berishi mumkinligini bilardim. Ular kostyumimga shunchalik ko'p shampan sochishdiki, bir qultum ichmasdan mast bo'lim qolishim mumkin edi.

- Abramovich bilan suhbatlashdingizmi?
- Yo'q. Faqat OAV bilan muloqot qilishga ulgurdim. Men uni yaxshi bilaman va bu mingta so'zdan afzalroqdir.

- Mavsumning birinchi qismida raqiblarni oson dog'da qoldirib, ajoyib o'yin ko'rsatdingiz. Ikkinchi qismda esa “CHelsi” intizom, shakllanganlik va himoyaviy sifatlarni ko'rsatdi.
- Birorta uchrashuvni yutqazmasdan.

- To'g'ri. Qaysi bir “CHelsi” sizni ko'proq rohatlantirdi?
- Ikkisi ham. Mavsum boshida o'tgan yilgi jamoadan farqlandik. Fabregas asosiy o'ringa chiqqan ajoyib futbol namoyish etdik. U jamoani hujumkorlikka to'g'ri yo'naltirdi. Keyin esa yo'qotishlarga duch keldik, ular son jihatdan ko'p emas, lekin sezilarli edi. Diego Kosta va Matichni oling. Diskvalifikaciya, sariq kartochkalar. KPR bilan bellashuvdan oldin yaxshi eslayman, Fabregas va Matich sariq kartochka olgan taqdirda ular MYU va “Arsenal”ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishardi. Bu jamoani tasirlantirdi. U pragmatik, sovuqqon va hisobga tayangan holda o'ynadi. U gol ura olmasam, o'tkazib yubormasligim kerak aqidasida harakat qildi.

- Qanday g'alabalar ko'proq rohat olib keladi?
- Barchasi. Jamoa sanati aynan shunga quriladi – har narsaga tayyor holda turish. Masalan, Zuma. U markaziy himoya va yarim himoyada to'p tepdi. Bugun Ivanovich jarohat olganda u o'ng qanot himoyasida o'ynashga tayyor turgandi. Petr CHex, “CHelsi” afsonasi premer-ligada 6 o'yin o'tkazgan holda ikkinchi darvozabonga aylandi – hech qanday yomon ish qilmadi. O'sha 6 bahsda u bizga chempionatdagi g'alabani taqdim etdi. Remini oling. “Bernli” bilan uyda durang o'ynadik, Xallda ochko yo'qota olmasdik. U zaxiradan tushdi va birinchi teginishning o'zida g'alabani tortiq qildi. Jon Mikel operaciyadan keyin 2 oyni o'tkazib yubordi, uning yordami bugun markazda kerak edi va u o'z vazifasini bajardi.



- Odamlarning turli fikrlari sizga tasir qiladimi? Divanda o'tirib, “zerikarli “CHelsi” yoki matbuotning jamoangiz tomoshabop futbol o'ynamasligi haqidagi fikrlarni eshitish qanday?
- To'g'risini aytaman, buni meni o'zgartira olmaydi. Bundan kuchliroqman. Men holatimizda qanday bo'lish kerakligini bilaman. Bu menga tasir qilmaydi. Biroq futbolchilarim bundan ortig'iga munosiblar deb o'ylayman. Meni boshqa narsa taajjubga soladi. Afsona bo'lgan futbolchilar, televizion tahlilchilar. Ular o'yinni tushunishlari shart. Ularning bazilari vaziyatni to'g'ri baholay olishmaydi. Bir kun tahlilchi bo'lsam, bunday holat yuz bermasligiga umid qilaman. Lekin faoliyatimni tugatsam, futboldan ketaman. Lekin bu futbolchilar o'zlari o'ynagan va ko'p narsalarni stadionga kelib, futbol ko'rib ketadigan, gazeta o'qib, televizor ko'radiganlardan yaxshiroq tushunishlari shart. Muxlislar o'sha fikrlar doirasiga tushadi va salbiy fikr bildira boshlashadi. So'ng ular jamoa chempion bo'lmasa, murabbiyni bo'shatishni talab qilishadi. Kulguli. Faqat bir jamoa chempion bo'lishi mumkin xolos. Barchasini yaxshi tushunaman, tanqid zarur va bu yangi sanoat. Biroq hurmat bo'lishi kerak va “CHelsi” futbolchilari ko'prog'iga arziydilar. Ular 200 kundan ortiqroq peshqadam bo'lishdi.

- Bu yangi rekord.
- Ha, yangi rekordmi? Unda yanada yaxshiroq.

- Bu mavsumni qanday eslab qolishlarini istaysiz? Qandaydir vaziyat, o'yin yoki gol bilanmi?
- “Bernli” darvozasiga mavsumdagi birinchi o'yinda SHyurrle ikkinchi to'pni kiritgan vaziyat. U oxirgi oylarda “CHelsi”ni qanday ko'rganimizni aniqlab berdi. 20ta to'p oshirish, Fabregasning pasi va SHyurrlening goli. SHuningdek, CHexning “Everton” bilan bahsda Lukakuning zarbasidan keyin jamoani qutqarishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Uni mavsumdagi ikkinchi darvozabon amalga oshirdi. Zuma, Felipe, Drogba asosiy o'yinchilar emasdi. Biroq ular jamoaga zarur vaziyatda ajoyib taassurot qoldirishdi. Mashg'ulotlarda ishlaganimiz samarasini berdi. Bunday o'yinchilar bilan ishlayotganim tufayli omadliman deya olaman. CHex yoki Zumaga biror narsa o'rgatishning zarurati yo'q. Ular jamoaga yordam berishga hamisha tayyor, chunki jamoa barcha narsadan ustun turadi.

- Bu sizning uchinchi yutug'ingiz. Bob Peysli 57 yoshda birinchi marta g'olib bo'lgan. Aleks Fergyuson 13 g'alabadan birinchisini sizning hozirgi yoshingizda nishonlagan.
- Menda hali vaqt bor! Yo'q, ser Aleks cho'qqini yuqori qilib yuborgan, uni quvib o'tishning imkoniyati yo'q.

- Harakat qiling!
- Yo'q, imkonsiz! Men premer-ligani 13 marta yuta olmayman. Lekin jami 13ta chempionlikka erishishim mumkin. Menda qo'lga kiritilgan chempionlik soni 8taga etdi. 13taga etib borishim mumkin. Biroq aynan premer-ligada buni uddalash ilojsizdir.

Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика