So’nggi yangiliklar

16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  2 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  1 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  13 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3

Joze Mourino: “Mendagi muammo barcha jihatda tobora yaxshi bo'layotganimdir” Yangiliklar

Joze Mourino: “Mendagi muammo barcha jihatda tobora yaxshi bo'layotganimdir”

“The Telegraph” gazetasiga bergan intervyusida Joze Mourino oilasining muvaffaqiyatlarga hissasi, dinga munosabati, yosh futbolchilar maoshi, ishqibozlar, magazinda uni uchratib qoladiganlar, Makiavelli va boshqa jihatlar haqida to'xtalib o'tdi.
Va u asosiy raqiblaridan biri sanalgan Arsen Vengerning mahoratli ekanini tan oldi.

“CHelsi” ustozi o'zi haqida quyidagicha fikr bildirdi: “Menimcha, ishimga taalluqli barcha jihatlarda yanada yaxshiroq bo'lib boryapman va bu muammodir. Ko'p jihatlar bo'yicha o'sishga erishdim – o'yinni o'qish, ularga tayyorlanish, mashg'ulotlar va futbolchilarga o'rgatish borasida. O'zimni yanada yaxshiroq his qilyapman. Faqat bir narsada o'zgarganim yo'q: jurnalistlar bilan uchrashganda o'zimni boshqacha ko'rsata olmayman”.



Statistik tarafdan Mourino klublar futbolida ishlayotgan eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biridir. U o'zi ishlagan barcha to'rt mamlakat chempionatlarini yutgan - Portugaliya, Italiya, Ispaniya va Angliyada jamoalarini chempionga aylantirgan. CHempionlar Ligasida 2 marta g'alaba qozongan. Biroq bu tarixning yarmi xolos. Mourino tortishish urug'ini sepish bo'yicha boshqalardan ajralib turadi. Boshqa biror murabbiy raqib muxlislarini bunchalik asabiylashtira olmaydi. Uning hakamlar va Angliya futbol associaciyasi bilan bahslari, matbuot anjumanidagi aqlli gaplari, maydon chetida o'zini tutishi – bularning bari Mourinoni futbolning hisobga olmaganda ham eng ko'zga tashlanadigan mutaxassisga aylantiradi.

Joze ikki soatcha vaqtini London janubida joylashgan studiyada o'tkazdi. Sport va kunlik kiyimda suratga tushdi, “Yaguar” mashinasiga chiqib-tushishni amalga oshirdi.

Uning o'ziga xos uslubi bor, biroq kiyinish borasida o'zgarmas qarashlarga ega. Narsalarga juda ko'p qiziqmaydi va qulaylikni kiyimdan ustunroq qo'yadi. Kiyimlar javonida qora, oqish va qora-oq ranglardagi kiyimlarni topish mumkin. U aralash ranglardan iborat libosni kiyib yuradiganlar toifasidan emas. U fotosessiyada o'z vazifasini ishchanlik ruhida bajardi, ortiqcha kulmadi, xafa bo'lmadi, xullas topish qiyin bo'lgan kayfiyatda jarayonda qatnashdi.

Studiyadan uzoq bo'lmagan joyda yurgan Dide Drogbaning kadrda rejalashtirilmagan tarzda paydo bo'lishi ham Mourinoni taajjubga solmadi. Drogba ham o'z vazifasini ado etish uchun u erga tashrif buyurgandi.



Fotosessiya yakunida barcha kompyuter oldiga o'tirib, yaxshi suratlarni tanlashga harakat qilayotganda ham Jozening ko'rinishi o'zgarmadi. “Yomon emas”. U barchasini shunday baholadi. Bu ishning alo bajarilgani yoki rostdan ham yomon chiqmaganini bildiradimi – bunisi endi topishmoq. Uning yuz ifodasidan aniq narsani uqish qiyin.

Tongni Mourino “CHelsi”ning Kobxemdagi mashg'ulot bazasida o'tkazdi. Bu odatga aylangan. U hari kuni ertalab 7:30da u erga tashrif buyuradi. Xonasiga boradi, eshikni yopadi va 2 soat davomida o'tiradi. “Yolg'iz bo'lishim uchun menga vaqt kerak. Futbol tarafdan olib qaraganda keksa emasman, 52 yoshdaman va yana 20 yil murabbiy sifatida ishlashim mumkin. Biroq o'zimni qari tulkidek his qilaman. Meni hech narsa tashvishga solmaydi va juda qattiq bezovtalantirmaydi. Xuddi biror yangilik sodir bo'lmaydigandek tuyuladi. Bunday hislarni barqaror nazorat qilaman, ammo o'ylab ko'rish uchun vaqt zarur. Tun o'rtasida kimning jarohati yoki o'yinga taktikadan bezovtalanib, uyg'onib ketmaslik uchun sodir bo'lishi mumkin muammolarni tahlil qilish uchun vaqt lozim”.

Jozening otasi Portugaliya terma jamoasi uchun darvozabon sifatida bir uchrashuv o'tkazgan va keyin murabbiylik qilishni boshlagan. Yoshligida u otasi bilan uchrashuvlarga borgan, bazida uning ko'rsatmalarini etkazish uchun maydon chetida yugurib, futbolchilarga maslahatlarni aytib turgan. U futbolchi bo'lishga qaror qilgan, biroq himoyachi poziciyasida Portugaliya ikkinchi ligasida davom etgan qisqa muddatli faoliyatidan keyin Lissabon texnik universitetiga o'qishga kirgan va murabbiy bo'lishga ahd qilgan. U erda sportni ilmiy tarafdan o'rgangan, keyin o'qituvchilik qilishga o'tgan.

Birinchi ishida u Daun sindromiga chalingan va boshqa aqlan zaif bolalarni o'qitish bilan mashg'ul bo'lgan. “Jiddiy sinov bo'lgan. Texnik tarafdan men bunday bolalar bilan ishlashga tayyor emasdim, faqat ular bilan hissiyotli munosabatlar o'rnata olganim uchun muvaffaqiyatga erishdim. O'sha ajoyib munosabatlar orqali men kichik mo'jiza yaratdim. Ishga bog'lanish, vaziyatlardan chiqib ketish va qayg'urish aynan o'sha ishim orqali kelgan. Bir bola bor edi, umri davomida zinadan yuqoriga ko'tarilishni rad etardi. Boshqa biri oddiy harakatni nazorat qilolmasdi. Boshqa turli muammolar bo'lgandi, lekin ko'pincha biz muvaffaqiyat qozonganmiz”.



“Keyinchalik men 16 yoshli bolalar bilan ishlashga o'tdim. Hozir esa jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan ishlayapman. Aytishim mumkinki, texnik nuqtai nazardan qanday tayyor ekanliging muhim emas, inson bilan qanday munosabat qura olishing eng muhimidir. Albatta, bunga bilim, tahlil qilish qobiliyati kerak bo'ladi. Ish boshida munosabat, birga oldinga intilish, faqat alohida shaxslar bilan emas, balki jamoa bilan buni yo'lga qo'yish zarur. Jamoada shunday holat yuzaga kelishi uchun nimadandir voz kechish lozim bo'ladi. Men va boshqa birovning o'rtasida emas, aksincha guruh ichida munosabat o'rnatish eng muhimi. CHunki o'yinda alohida shaxs emas, jamoa g'alaba qozonadi”.
“Jamoa” so'zini Mourino nutqi davomida eng ko'p tilga olsa kerak. Jamoada alohida futbolchilarni qanday o'stirasiz? 21 yoshga to'lmasdan muxlislar orzu qilishi mumkin bo'lgan shunchalik katta maosh olayotgan o'yinchilarni qanday ruhlantirasiz? “Bu haqiqat” – Joze ovozini kuchaytiradi. Qachondir futbolchilar faoliyati oxirida boyib olishni istashardi, hozir esa ular birinchi rasmiy uchrashuvda o'ynagunga qadar buni amalga oshirishni xohlashmoqda!”
Futbolda shaxslar nomi deyarli tahdid qiladigan holatga etib keldi. FIFA topshirib kelayotgan “Oltin to'p” atrofidagi mashmashalar har yili katta shov-shuvlarni keltirib chiqarmoqda.

Mourinoning tan olishicha, u va “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger ko'p masalalar borasida bir-birlari bilan chiqisha olishmaydi.

“Fikrimcha, Venger qandaydir qiziqarli narsalarni gapirdi. U “Oltin to'p”ga qarshi. O'ylashimcha, u haq, chunki hozirgi futbolda jamoaviy o'yin o'rni yo'qotilgan va ko'proq shaxslarga etibor qaratilmoqda. Alohida ko'rsatkichlarni kuzatyapmiz, bazida bir futbolchining maydonda boshqalardan ko'proq yugurgani haqida o'qiymiz. Nahotki, 11 kilometr masofani yugurib o'tgani uchun o'yinchi boshqalardan yaxshiroq hisoblansa? Bu uning 9 kilometr yugurgandan yaxshiroq ishlaganini anglatmaydi. Ehtimol, kamroq yugurgan o'sha futbolchi eng muhim vazifani bajargan bo'lishi mumkin”, - deb kuladi Mourino.

- Men uchun futbol jamoaviy o'yin. Agar alohida futbolchilar jamoa o'yinni kuchaytira olsa, buni yaxshi qarshi olamiz. Lekin sen bizga ishlashing zarur, o'zing uchun emas. Jamoa shakllanganda yuqori saviyadagi futbolchi kelishi Kolumb Amerikani ochgandagi holat sanalmaydi. U bizni kuchliroq qilish uchun keladi. Va murabbiy bu to'g'risida unga xabar yuborishi kerak. Buni so'zlarsiz ifoda etish lozim, bu futbolchilar va sening o'rtangdagi munosabatdan kelib chiqadi. Bu yoki boshqa o'yinchiga qanday etibor berishing, u haqida qayg'urishing qanday ekanligi muhim.



“Futbolchiga bera olmaydigan yagona narsang iqtidordir. Lekin iqtidorli o'yinchi bilan u jamoaga yordam bera oladigan darajada ishlay olasanmi? U aqlli, ochiq, sen unga yordam berib, yanada yaxshi saviyaga chiqarishingni kutadimi? Yoki u o'zini o'ylaydiganmi, unga o'zidan ko'ra jamoa muhimroq ekanini tushuntira olasanmi? Ishlagan klublarimda bunday holatlar ro'y berib turgan. Hech qaerda ideal jamoa bo'lmaydi. SHu bilan birga futbolchida eng narsa deb aynan iqtidorni hisoblayman”.

Muxlislar yosh futbolchilarning bunchalik ko'p imkoniyatga ega ekanligini tushunishmaydi. Gap o'yinchilarning o'ta yuqori maoshi to'g'risida bormoqda.
“Buni bilaman. Lekin ular oxirgi mahsulotdek gap. Menda bir futbolchi bor edi. Unga birinchi jamoada o'ynash uchun imkoniyat berdim. Ikki haftadan keyin uning otasi ishidan ketdi, onasi ham shunday yo'l tutdi. Ular u bilan birga yashashadi, uning hayotini yashashadi, uning uchun qaorlar qabul qilishadi. Bu juda ham qiyin”.

O'sha o'yinchi bilan nima bo'lgani haqidagi savolga Joze elkasini qisib qo'ya qoldi. Demak, uning faoliyati quyiga qarab sho'ng'iganini taxmin qilish mumkin.

“Bu yuzlab misollardan biri. Ular ota-onasi, agentlari bilan kelishishlari, talim olgan bo'lishlari lozim. Bir safar futbolchi yangi mashinada keldi. Undan so'radim: “Boshqami? Nima uchun? Uying bormi? "Yo'q". Hisobingda katta pul bormi? "Yo'q". U javob berdi: "Bu mashinani sotib olmadim. Otam uni lizingga tekinga oldi, men shunaki hujjatlarni imzoladim. Undan so'radim: “Lizing nimaligini bilasanmi?” – “Ha, bu o'sha narsa tekin bo'lganini bildiradi!” Unga o'tirishi kerakligi va lizing nima ekanligini tushuntirishimni aytdim. Unga hech kim bunday tushuncha bermagandi”, - deb takidladi Mourino.
"Haqiqiy katta pullarga ega bo'lganimda “Portu” bilan 2003 yil ikkinchi shartnomani imzolagandim. O'shanda 30 yoshda edim, oilam bor edi. Bunga tayyor edim. Hozir o'yinchilar 16, 17, 19, 20 yoshda bunga ega bo'lishmoqda. Ular nima qilish va qanday munosabat bildirish kerakligini bilishmaydi. “CHelsi”da “O'yinchilarni qo'llab-quvvatlash va farovonligini taminlash” bo'limi bor. Ular futbolchilarga har narsada yordam berishadi. Ularda bankdagi pullarni ishlatish bo'yicha tajribali mutaxassis bor. O'yinchi uy sotib olishni istaydimi? Unda u kelishuv qila oladigan to'g'ri odamga ega bo'lishi lozim. Jamoaga yangi futbolchilar keladi – ular yangi mashina sotib olishmaydi, bizga “Audi” homiylik qiladi. Futbolchilarga bu zarur, chunki hayot juda qiyin”.



- Va siz futbolchilarga otalik qilasizmi?
- Bu mening bajarishim shart bo'lgan ish.

Joze va uning rafiqasi Matilda Setubalda qo'shni ko'chalarda voyaga etishgan. Yoshlikdanoq bir-birlariga ko'ngil qo'yishgan. Ular 26 yil avval turmush qurishgan va ayni paytda ismlari o'zlariniki bilan bir xil bo'lgan Matilda va Jozeni tarbiyalab kelishmoqda.

Mourino murabbiylik lavozimida ilk ishini 2000 yil “Benfika”da boshlagan. Bungacha u “Sporting”, “Portu” va “Barselona”da Bobbi Robsonga tarjimon sifatida ishlagan. “Benfika”da Joze uch oy faoliyat yuritdi, keyin klub prezidenti bilan qarashlari to'g'ri kelmagani sababli ishdan ketdi. Dastlab “Unian Leyriya”, so'ng “Portu”ni boshqarishga o'tdi. “Portu” bilan ikki marta Portugaliya chempionati, UEFA Kubogi va CHempionlar Ligasida zafar quchdi. SHundan keyin “CHelsi”ga o'tib, jamoani ikki marta APL g'olibiga aylantirdi, Angliya Kubogi va Liga Kubogida muvaffaqiyatga erishdi. “Inter” bilan ikki bor Italiya chempionati va ECHLda g'olib chiqdi. 2010 yilda “Real”ga ko'chib o'tishga qaror qildi. Madridliklarni “boshqacha” mutaxassis Ispaniya chempioni, Qirol Kubogi sohibiga aylantirdi. Biroq CHempionlar Ligasida uch marta yarim finalda mag'lubiyatga uchradi va 2013 yilning iyun oyida yana “CHelsi”ga qaytish haqidagi taklifga ijobiy javob bildirdi.

Uning eng yaqin do'sti Ruy Faria, buni Mourinoning o'zi ko'p marta takidlab o'tgan. Faria “Benfika”da ishlagan birinchi kunidanoq uning yordamchisi sifatida ishga kirishgan. Hozirgacha ular Joze ishlagan klublarda birgalikda ish yuritib kelishyapti.

“Ruy hamisha futbolda g'olib murabbiy bo'lish hamma narsadan yaxshi ekanligi haqida gapiradi. Biz shunga harakat qilamiz. Lekin Angliyada uchrashuvlar ko'p va o'zingni bo'shashtirib yuborish kerak emas. 3:5 hisobida yutqazsam, ertasiga mashg'ulot bor, 3 kundan keyin navbatdagi bellashuv. SHu sababli ehtiroslarga erk berish to'g'ri emas. G'alaba va mag'lubiyat bilan ko'nikib yurishimga to'g'ri keladi.
Bosh murabbiy klubdagi eng katta inson emas. Haqiqatdan ham, shunday. Har doim klubdagi eng muhim insonlar birinchi navbatda ularning ishqibozlari sanaladi. Keyin esa uning xo'jayini, o'yinchilar va so'ng men turaman. Lekin aslida barcha murabbiyga etibor beradi. O'yinchilar senga qaraydi, harakatlaringni tahlil qilishadi, bildirgan reakciyangni ko'rishni istashadi, barqarorlikni kutishadi. Klubda faoliyat yuritadigan insonlar ham senga qaraydi, ortingdan kuzatadi, ijobiy yoki salbiy tarafdan bo'lsa ham. Muxlislar ham seni kuzatishadi. Ular mag'lubiyatdan keyin cho'qib ketmasligingni, katta g'alabadan so'ng oyga chiqib ketmasdan oyoqda turishda davom etishni ko'rishni xohlashadi. Menimcha, bunday holatlarni yaxshi nazorat qilaman va ijobiy hamda salbiy taraf o'rtasida barqarorlikni saqlab turaman. Uyda meni yaxshi bilishadi va ulardan yashirina olmayman. Ular meni darhol qo'lga tushirishadi.



Mourino to'g'ri va madaniyatli inson. U portugaliyalik mashhur shoir Fernando Pessoa ijodining katta muxlisidir. Muloqot davomida o'ychan, yon beruvchi va ochiq. SHu jihati bilan u matbuot anjumanida so'zlaydigan Jozedan farqlanib turadi. Qaysidir vaziyatda u o'ziga adabiy to'g'ri bo'lmagan so'zni qo'llaydi va keyinchalik uni qaytarmaslikni iltimos qiladi.

Futboldan tashqari u bilan sodir bo'lgan qiziq voqealardan biri  sifatida u Kot-d'Ivuarga ochlikka qarshi kurash dasturida bo'lgan safarini yodga oladi. “Bu men uchun fantastik tajriba bo'ldi. Taassurotlarimni rafiqam va farzandlarim bilan ulashdim. Biz ochlik haqida bilamiz, biroq u bilan haqiqatda to'qnash kelish juda og'ir. Bunga ko'nikish juda qiyin. SHu bilan birga o'sha odamlar bilan bog'langaning, ularga yordam berayotganingdan faxrlanasan”.
Mourino va uning rafiqasi Setubaldagi ovqat dasturini ham qo'llaydi. Ular buni o'zlarini yaxshi ko'rsatish yoki odamlar bu haqida bilishlari uchun emas, balki ularda shunday imkoniyat borligi hamda buni o'zlari chin dildan istashgani sababli amalga oshirishadi. Farzandlari jahonda yordamga muhtoj insonlar yashashi haqida taassurotga ega bo'lishi uchun qilishadi.

Dinga munosabati to'g'risida Joze shunday javob beradi:
- Men Yaratgan borligiga to'liq ishonaman, har kuni unga bosh egaman va suhbatlashaman. CHerkovga har kuni bormayman, hatto har haftada ham. Qachon shunga muhtojligimni sezsam, o'shanda boraman. Portugaliyada bo'lganimda esa albatta boraman.

U nima haqida duo qiladi?
- Oilasi, farzandlari, rafiqasi, ota-onasi, baxt, baxtli oilaviy hayot haqida. Hech qachon futbol haqida iltijo qilish uchun cherkovga bormaydi.

O'zini yaxshi inson deb aytishi mumkinmi?
“O'ylashimcha, ha. SHunday bo'lishga intilaman. SHundayman deb o'ylayman. Oilam yoki do'stlarim bilan muammo yo'q. Yaxshi oila boshlig'i va do'stman. O'zim tanimagan insonlarga yordam berishga harakat qilaman. Bazida xato qilaman. Professional faoliyatim faqat musobaqadagi faollik bilan emas, balki kuchli hissiyot bilan ham bog'liq. Lekin kasbda va shaxsiy hayotda odam turlicha bo'ladi”.

U ishi va oilasini bir-biriga aralashtirmaslik uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Rafiqasi bilan hech qachon futbol to'g'risida suhbatlashmaydi. "Bu uning olami emas. Klubda bo'lish, ishlashni chin dildan yoqtiraman. U menga yaxshi maslahatlar beradi, uyda bo'lganimda barchasi yaxshi. Bazida ularning o'zi ishim va oilani aralashtirib yuborishadi. Biror muhim uchrashuvni boy bersam, ular uyda meni xafa holda qarshi olishadi. Men esa uyga yaxshi kayfiyatda kelishga intilaman. CHunki ertaga yangi kun keladi, bu bir futbol o'yini xolos. Bazida ular men uchun ham qayg'urishadi.

Futbolchilar va murabbiylar malum narsalarga odatlanishgan. Ular bir hudud yoki uyda yashashni maqul ko'rishadi. CHeshir grafligining Elderli Edj huduida “Manchester Yunayted”ning yarim tarkibi va murabbiylarini ko'rishingiz mumkin. Kobxemda esa “CHelsi” futbolchilari ko'proq uchraydi. Lekin Mourino Londonning qimmat tumanlaridan biri bo'lgan Belgraviyada istiqomat qiladi. O'sha er unga va oilasiga maqul keladi. Madrid va Milandan farqli ravishda Londonda xotirjam hayot kechirish imkoniyati ko'proq.

Ko'chada 5 daqiqa sayr qilish mobaynida u "CHelsi", "Tottenxem", "Arsenal", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" ishqibozlarini uchratishi mumkin. "Bu holat menga yoqadi. Avval ishlagan joylarimda klubim muxlislari orasida sayr qilardim. Milanda 50 foiz muxlis “Inter”ni, Madridda 70 foiz muxlis “Real”ni yoqtirardi. Portuda esa 100 foiz mahalliy klub uchun qayg'urishardi. Agar kimdir yonimga kelsa, uni eshitishga tayyorman. Lekin kimdir menga futbolni o'rgatmoqchi bo'lsa, albatta, yo'q”.

"Londonda bezovta qilish yoki qilmaslikni yaxshi tushunishadi. Ular odamga shaxsiy hudud zarurligi va barcha bunga haqli ekanligini bilishadi. Meni kimdir bezovta qilsa, odatda u ingliz bo'lmaydi. Ular dastxat olishni yoki birga suratga tushishni xohlashsa, ovqatlanib bo'lganimcha kutib turishadi. Magazinda uchratib qolishsa, biror ishimni bitirishimni kutib turishadi. Ko'chada ham shunday. Londonda salbiy natijadan keyin ko'chada oilang bilan ketayotganingda kimdir senga etiroz bildirishini tasavvur qilish qiyin. Bunday bo'lmaydi. Madrid va Milanda esa bunday holatlar odatda sodir bo'lardi”.



"Har bir muxlis o'zini murabbiydek ko'radi. Hammasiga odamlarning futbolga jiddiy munosabatda bo'lishi sabab. Agar professionallar uchun futbol hamma narsaga aylangan bo'lsa, unda bu muammo. Muxlislar borasida ham shunday deyish mumkin. Portugaliyada ona va sevimli jamoadan boshqa barcha narsani almashtirish mumkin deyishadi. Futbolning juda katta ahamiyatga ega ijtimoiy, siyosiy va madaniya kuch ekanligini tushunaman. Lekin futbolchi qanday qilib “Forbes” talqiniga ko'ra, jahonning eng ko'p tasir kuchiga ega bo'lgan 100 insoni ro'yxatidan o'rin olishi mumkin? (Ronaldu o'sha reytingda 30, Messi 45-pog'onani band etgan). Bu axmoqlik! Biz boshqalarning hayotini qutqarmaymiz! Birortasi jamoasi yutqazsa, beshinchi qavatdan o'zini tashlab yuborishi mumkin, biroq bu uning shaxsiy muammosi. Futbolchi yoki murabbiyni olim yoki shifokor bilan tenglashtirish mumkinmi? Hech qanaqasiga”, - deb bu borada qatiy fikrlarini bildirgan Joze.
Mourino ingliz futbolida yaqin do'sti yo'qligini tan oladi. U bazilar bilan o'zaro tushunish va aloqalari borligi, biroq ularni o'ziga yaqin inson sifatida bilmasligini aytadi. SHu bilan birga u ilhom oladigan va ishidan hayratga tushadigan mutaxassis mavjud - ser Aleks Fergyuson.

Ular birinchi marta 2004 yil “Portu” “MYU”ni ECHLdan chiqarib yuborgan va keyinchalik turnirda g'alaba qozongan mavsumida to'qnash kelishgan. O'shanda u buyuk murabbiy bilan uchrashgandi. Joze o'sha paytda qarshisida jangchi, g'alabaga erishishni istaydigan, o'z qoidalariga ega shaxs, raqibni hurmat qiladigan va halol futbol o'ynaydigan insonni ko'rganini tan oladi. Bu uning uchun juda muhim vaziyatga aylangan. “MYU” dog'da qoldirilganda u qanday insonga aylanishi lozimligini anglab etgan. Portugal madaniyatida ham ikkinchi raqamli inson tushunchasi yo'q. Unda faqat g'alaba qozonish o'rgatiladi.

U bazida Makiavellining iboralaridan o'z nutqida ishlatib turadi, lekin bundan ortiq emas.
Mourino murabbiyning hakamlar ustidan shikoyatini sanat darajasiga olib chiqdi. Hakamlarning qarshi bo'lishini u jahonning qarshiligiga tenglashtiradi, jamoasini qiyin vaziyatdan olib chiqadi, aybni jamoadan soqit qiladi. Kim bilandir muloyim muomalada bo'lsa, demak, uni o'ziga asosiy raqib sifatida ko'rmaydi. Biroq Joze bunday tarifga qo'shilmaydi. U maqtashga loyiq bo'lganlarni olqishlashini takidlaydi.

Mourino suhbatlashgan insonda ham turlicha taassurot qoldiradi. U qaraydi va hech narsaga javob bermaydi. Keyin uning yuzida asta-sekin tabassum paydo bo'ladi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика